Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

 Yangi tutzorlar uchun 105 ming gektar yer ajratiladi

 Yangi tutzorlar uchun 105 ming gektar yer ajratiladi

O‘zbekistonda yangi tutzorlar barpo qilish uchun 105 ming gektar yer maydonlari tashkil qilinadi va ular doimiy foydalanish huquqi asosida Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga beriladi.

Bu borada Prezident tegishli farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, 2023-yil iyundan hududlarda:

  • ipak qurtini parvarishlash, yetishtirilgan pillani xarid qilish, qayta ishlash, qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, tayyor mahsulotni ichki bozorga yo‘naltirish va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan yangi pillachilik klasterlari;
  • tut ko‘chatlarini yetishtirish, tutzorlarni barpo qilish, ipak qurtini parvarishlash, pilla xomashyosini tayyorlash bilan shug‘ullanadigan pillachilik va tutchilik yo‘nalishidagi yangi fermer xo‘jaliklari tashkil etiladi.

Yangi tutzorlar barpo qilish uchun yer uchastkalari 10 gektardan kam bo‘lmagan o‘lchamda pillachilik klasterlari, pillachilik va tutchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklariga, istisno tariqasida, ijara huquqi asosida ajratiladi.

Farmonga ko‘ra, hududiy «Agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga tegishli bo‘lgan va aholiga oilaviy pudrat shartnomasi asosida biriktiriladigan tutzorlar maydoni 0,5 gektardan 2 gektargacha etib belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring