Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotada akusher-ginekolog pora bilan qo‘lga tushdi

Zangiotada akusher-ginekolog pora bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Zangiota tumani Tibbiyot birlashmasining ginekologiya bo‘limi akusher-ginekolog shifokori S.M. shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab, fuqaro G.X.ning 4 oylik homilasini tushirib berish evaziga tamagirlik yo‘li bilan 1 mln. 400 ming so‘m pulni pora tariqasida olganda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar tarqatdi.

Shuningdek, tadbirda fuqaro G.X.ning 16 haftalik homilasi borligi aniqlanib, homiladorlik muddati 12 haftadan ortiq bo‘lgan shaxsning homilasini sun’iy tushirish mumkin emasligi haqida akusherlik-ginekologiya shifokor bo‘yicha mutaxassisning xulosasi olingan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani Tibbiyot birlashmasi ginekologiya bo‘limi akusher-ginekolog shifokori S.M.ga nisbatan O‘zbeksiton Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring