Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolani matematikaga qanday qiziqtirish kerak?

Bolani matematikaga qanday qiziqtirish kerak?

Foto: «Journalok.ru»

Bolalarda matematika faniga qiziqishni qanday uyg‘otish mumkin? «Journalok.ru» saytining yozishicha, buning olti usuli bor.

Asosiy matematika qonuniyatlarini bilish bugun deyarli hamma uchun kerak. Ko‘p kasblar bevosita matematika bilan bog‘liq: moliya, kompyuter texnologiyalari, injeneriya va boshqalar. Shuning uchun ham, garchi bu oson bo‘lmasa-da, farzandlarimizga «fanlarning shohi»ni o‘rgatish juda muhim.

1. Konstruktor

Bolada matematikaga ilk qiziqish konstruktor yig‘ish jarayonida paydo bo‘ladi degan fikrga aksariyat ota-onalar qo‘shilishsa kerak. Ayniqsa, «Lego» toifasidagi yig‘ma o‘yinchoqlarni bolalar yaxshi ko‘rishadi. «Lego» ularga qanday qilib kichkina qismlardan katta va murakkab qurilmalarni yasash mumkinligini tushunib olishda ko‘maklashadi.

2. Origami san’ati

Bir buyuk matematik maktab davrida ota-onasi uni origami to‘garagiga olib borishganidan so‘ng geometriyaga qiziqib qolganini aytgandi. Chindan ham bu qadimiy san’at geometriyaning aksariyat teoremalarini o‘zida mujassamlashtirgan, qog‘ozdan turli-tuman shakllarni yasash asnosida bolada geometriyaga qiziqish oshib boradi.

3. Strategik o‘yinlar

Bolada tahlil va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda strategiya janridagi o‘yinlarning o‘rni katta. Masalan, xitoyliklarning go o‘yini. Go Jahon intellektual o‘yinlarining besh asosiy o‘yinidan biri sanaladi. Go qoidalari juda oddiy: oq va qora toshlarda o‘ynaladi — o‘yindan maqsad taxtadagi ko‘proq maydonni egallash va o‘rab olish.

4. Aniq hisoblash bilan bog‘liq bo‘lmagan topshiriqlar

Bolaga unda tasavvur paydo bo‘lishi va u taxminlar qilishi mumkin bo‘lgan savollar berish tavsiya qilinadi. Masalan: «Hovuz suvga to‘lishi uchun qancha vaqt ketishi mumkin?»

Bunga o‘xshash savollar ham qiziqish uyg‘otish baravarida matematik qobiliyatlar rivojlanishini rag‘batlantiradi. Tabiiyki, bola aniq javobni bilmaydi, biroq barcha jihatlarni (hovuzning maydoni, suvning tezligi, quvurning kengligi) hisobga olib, har xil taxminlarni ilgari suradi.

5. Musiqa

Olimlar va pedagoglarning fikricha, musiqa va matematika chambarchas bog‘liq tushunchalar. Ko‘pincha matematikani va musiqani o‘rganish uchun bir xil qobiliyat va ko‘nikmalar bo‘lishi  talab qilinadi.

6. Shaxmat

Ma’lumki, shaxmat tahliliy qobiliyatni eng yaxshi rivojlantiruvchi o‘yin sanaladi. Shuning uchun ham ota-onalar farzandlarini shaxmat to‘garaklariga berishgani ma’qul. Balki professional shaxmatchi bo‘lmas, lekin orttirgan ko‘nikmalari kelgusida qo‘l kelishi aniq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring