Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘karib ketgan kartoshkani iste’mol qilish mumkinmi?

Ko‘karib ketgan kartoshkani iste’mol qilish mumkinmi?

Foto: «Klub lyubiteley dachi»

Germaniyaning Oziq-ovqat ta’minoti federal markazi mutaxassisi Harald Zaytsning bildirishicha, qay usulda tayyorlanishidan qat’i nazar, ko‘kargan kartoshkani yeyish xavfli bo‘lishi mumkin. Savol tug‘iladi: sog‘ kartoshkani qanday aniqlasa bo‘ladi? Javobi oddiy: kartoshkaning tashqi ko‘rinishidan.

Kartoshkada o‘simtalar chiqishni boshlagach, unda solanin zaharli moddasi ham paydo bo‘ladi. Kartoshkada o‘simtalar qancha ko‘p bo‘lsa — zahar ham ko‘p. Demak, yumshab, sarg‘ayib qolgan kartoshkani ovqatga umuman ishlatmagan ma’qul. Agar ko‘karib ketgan joylarini kesib olib tashlashga urinsangiz ham, baribir, kartoshkaning ko‘rinishidan sog‘ joylarida zahar qolib ketadi. Mabodo bir nechta kurtak paydo bo‘lganu kartoshkaning o‘zi yaxshi saqlangan bo‘lsa uni bemalol ovqatga ishlatishingiz mumkin.

Ekspertlar kichkina kartoshkalarda beshtadan ortiq, katta kartoshkalarda sakkiztadan ortiq kurtak bo‘lsa, yemaslikni tavsiya etishadi. Kartoshka o‘simtalari tufayli paydo bo‘lgan solanin insonning ovqat hazm qilish tizimi buzilishiga, bosh og‘rig‘iga, hatto nafas olish muammolariga sabab bo‘lishi mumkin ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring