Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega smartfonni o‘chirish kerak?

Nega smartfonni o‘chirish kerak?

Foto: «ISTOCKPHOTO»

Telefoningizni har qancha vaqtda o‘chirib turasiz? Hech qachon? Yoki har kunimi? Umuman, mobil qurilmaning umrini uzaytirish uchun nima qilish kerak — ekspertlarga quloq tutamiz.

Ko‘p smartfonlar bir-ikki yil nari-berisida sustlashib qoladi. Kompaniyalar yangisini tavsiya qiladi (marketing yurishi), foydalanuvchi uchun esa qurilmasini avaylab tutishdan boshqa chora yo‘q hisobi.

Xo‘sh, telefonni har qancha vaqtda o‘chirish kerak?

Amerikaning «Readers Digest» nashri ma’lumotiga ko‘ra, mobil telefonni kam deganda haftada bir marta o‘chirib turish kerak. O‘chirib-yoqishmas, aynan o‘chirish, kutib turish va keyin yoqish shart. Bu usul qurilmaning xato ishlash, «qotib qolish» kabi qusurlariga barham berib, ishchanligini ham oshiradi.

Texnologiyalar bo‘yicha mutaxassis Bob Motamedi (AQSh) sizga kuniga qurilmangizda nechtagacha ilovani ishga tushirishingizni eslab qolishni maslahat beradi. Ma’lum bo‘lishicha, ishlatib bo‘lingan ilovalarning ko‘pi keyin ham yopilmasdan fon tartibida ishlab, smartfon va akkumulyatorning quvvatini sarflashda  davom etadi.

Qayta start olish bahona, birinchidan, smartfondagi «tekinxo‘r» ilovalar o‘chiriladi. Qolaversa, bufer saqlagichda ortiqcha joy ochilib, ham akkumulyatorning kuchi tejaladi, ham smartfonning tezligi tiklanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring