Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor umrni uzaytiruvchi mahsulotni ma’lum qildi

Shifokor umrni uzaytiruvchi mahsulotni ma’lum qildi

Foto: «Zsoborkem.cerkov.ru»

Rossiyalik fitoterapevt va biologiya fanlari nomzodi Mixail Lushik asalni umrni uzaytiruvchi mahsulot deb atadi va uning shifobaxsh xususiyatlari haqida so‘zlab berdi. Bu haqda «Vechernyaya Moskva» xabar bermoqda.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, asalning shifobaxsh xususiyatlari ko‘p jihatdan uning qanday ingrediyentlardan tayyorlanganiga bog‘liq. Misol uchun, jo‘ka asali shamollashdan tezroq tuzalishga yordam beradi. Akatsiya asali esa past glikemiya indeksiga ega. Shu bois uni diabetga chalinganlar ham bemalol yeyishi mumkin.

Har xil ingrediyentlarning organizmga ta’siri turlicha bo‘lishiga qaramay, shifokor asalning odamlar uchun foydali ekanligini ta’kidlaydi. Mahsulot jigar, yurak va asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, u qon tomirlarida ateroskleroz rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi antioksidantlarga boy.

«Asaldan tashqari, asalari uyasi ham organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Mumkataklar oshqozon buzilishini davolashda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, asalarilar ishlab chiqaruvchi barcha mahsulotlar umrni sezilarli darajada uzaytiradi», — dedi Mixail.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring