Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smartfonning ko‘zga zararini kamaytirishni bilasizmi?

Smartfonning ko‘zga zararini kamaytirishni bilasizmi?

Ochig‘ini aytish kerak, juda ko‘pchiligimiz qo‘l telefonimizni bir fursat ham tinch qo‘ymaymiz. Quvvati tugamagunicha qo‘limizdan tushmaydi gohida, vaqtni «o‘ldirish»da yoki zerikkanda hech narsa uning o‘rnini bosa olmaydi, xullas. Ammo ana shu mitti ekranga soatlab (ayniqsa qorong‘u payti) tikilib o‘tirishning ham ko‘zga ziyoni bor.

Xo‘sh, ana shu ziyonga qarshi chora bormi?

Albatta bor va bu juda oson. Ko‘zimizga aynan ta’sir qiladigan narsa bu — smartfon ekranidan taralayotgan ko‘k spektr nurlari. Ko‘k spektr nurlari uyquni keltiruvchi melatonin gormonlari ishlab chiqarilishiga xalaqit beradi. Internetda ko‘p «o‘tirgan»dan so‘ng uyqu yaxshi kechmasligi sababi ham shunda.

«Ko‘k nur», ya’ni zararni qanday yo‘qotish mumkin?

Agar muammo faqat ko‘k nurda bo‘lsa, demak, uni filtrlash kerak. Smartfonlarda «Ночной режим» — «Tungi tartib» yoki «Режим чтения» — «O‘qish tartibi» (smartfon turiga qarab) bo‘ladi. Mana shu funksiya faollashtirilgach, ekraningizda sarg‘ish tuslar ustunlashadi va o‘z-o‘zidan ko‘zingizga bosim kamayadi.

Filtrlash ilovalari

Agarda smartfoningizda yuqoridagi funksiyalar mavjud bo‘lmasa, unda ilovalarni ko‘chirib olib o‘rnatishingiz mumkin. Masalan, mana bu ilovani tavsiya qilishimiz mumkin.

Umuman olganda, «App Store» va «Google Play»da bunga o‘xshash juda ko‘plab ilovalar bor.

Bunday ilovalarning yana bir afzalligi shuki, ekran tejamkorligini oshirib, akkumulyator quvvatini saqlab qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring