TATUda ASA institutining o‘quv va maslahat markazi ochildi

23 Yanvar 2012

Nu-York shahrida joylashgan ASA instituti Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan ta'lim sohasida hamkorlik qilish taklifini bildirgan edi.

2010 yil dekabr oyida ASA instituti bilan Ta'lim sohasida o‘zaro hamkorlik Shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnomada O‘zbekiston talabalarining mahalliy diplomlariga qo‘shimcha ravishda ASA institutining darajali dasturlariga ega bo‘lishlarida ko‘maklashish va maslahat berishni amalga oshirish maqsadida TATU qoshida Ta'lim va maslahat markazini tashkil etish, ushbu markazni ASA instituti tomonidan komputer va telekommunikatsiya jihozlari bilan ta'minlash masalalari ko‘zda tutilgandi.

Shartnomada ko‘zlangan maqsadlarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi. Universitet binosidan markaz uchun joy ajratildi, ta'mirdan chiqarildi. ASA instituti tomonidan komputer va telekommunikatsiya jihozlari bilan ta'minlandi va "TATU-ASA o‘quv-maslahat markazi" tashkil etildi. Ushbu markazda ASAning qisqa muddatli va intensiv kurslarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini va boshqa manfaatli loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar rejalashtirilgan.

O‘tgan haftada Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta majlislar zalida AQShning ASA instituti bilan Ta'lim sohasida o‘zaro hamkorlik Shartnomasi doirasida "TATU-ASA o‘quv-maslahat markazi"ning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ASA instituti rahbariyatidan tashkil topgan delegatsiya, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Ma'lumot o‘rnida:

ASA instituti yuqori darajali kasb yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash dasturini yo‘lga qo‘yish uchun 1985 yili tashkil etilgan. Unda o‘qitish tizimi axborot texnologiyalari, komputerda dasturlash, tarmoqni boshqarish va xavfsizligini ta'minlash, biznes boshqaruvi, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim tayyorlovi, kasbiy tayyorlov va amaliyot tajribalari asosida olib boriladi.

Mavzuga doir

30 Dekabr 2011
Talabalarga yangi yil sovg‘asi
Barkamol avlod - yurt kelajagi
Talabalarga yangi yil sovg‘asi

Yangi 2012 yil arafasida Samarqandda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filialining yangi binosi ishga tushirilishi viloyat aloqachilari va aholi uchun quvonarli bir ish bo‘ldi.

20 Dekabr 2011
Soha kubogi – TATU jamoasida!
Barkamol avlod - yurt kelajagi
Soha kubogi – TATU jamoasida!

16-18 dekabr kunlari O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashining ko‘chma sovrini uchun futzal bo‘yicha final bosqichi bahslari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida bo‘lib o‘tdi.

14 Oktabr 2011
Soha sportining shiori: Sog‘lom turmush!
Barkamol avlod - yurt kelajagi
Soha sportining shiori: Sog‘lom turmush!

Insonning imkoniyatlari keng. Qiziqish va ishtiyoqning o‘zi ham ko‘p narsani hal qilishga qodir. Aloqachi kasbini ulug‘lay turib, sportda ham professional darajaga ko‘tarilayotgan safdoshlarimiz borki, aynan qiziqish va ishtiyoq hamda mashqlar ularni shu darajaga yetkazapti.