2012 yil ish rejasi

23 Yanvar 2012

O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalar bo‘yicha davlat komissiyasining (O‘zR RChDK) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish chog‘ida komissiyaning 2011 yil ish faoliyatiga yakun yasaldi va muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish konsepsiyasida axborot sohasini isloh qilish, so‘z va axborot erkinligini ta'minlash borasida belgilangan vazifalar hamda O‘zR RChDK funksiyalariga muvofiq Komissiyaning 2012 yilgi ish rejasi ko‘rib chiqildi va ma'qullandi.

O‘tgan yil mobaynida Komissiya tomonidan radiochastota spektridan foydalanuvchilariga radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish, shu jumladan, LTE (Long Term Evolution) eng yangi texnologiyalarini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish, ruxsat beruvchi protseduralarni soddalashtirish, respublika radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy muhofaza qilishga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda qarorlar qabul qilindi.

Respublika radiochastota organlarining radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning xalaqitlarsiz ishlashini ta'minlash hamda radiochastota biriktirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot tinglandi.

Hisobot ma'ruzasida "2010-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli televizion eshittirishga o‘tish chastota-hudud rejasi" chora-tadbirlariga asosan respublikada raqamli teleeshittirishni joriy etish holati to‘g‘risida axborot taqdim etildi. 2011 yilda Toshkent, Nukus, Urganch, Andijon va Odamtoshda (Qashqadaryo) 5ta uzatgich foydalanishga tushirilganligi ta'kidlandi. Hozirgi kunga kelib, mamlakatimizning 7ta hududida — Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Andijon, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10ta raqamli televizion eshittirish uzatgichlari ishlamoqda.

Yig‘ilishga joriy yilning yanvar-fevral oylarida bo‘lib o‘tadigan 2012 yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasiga (BRK-12) O‘zbekiston Respublikasi aloqa ma'muriyatining tayyorgarligi, konferensiya chog‘ida respublika aloqa ma'muriyatining BRK-12 kun tartibi bandlari bo‘yicha respublika pozitsiyasini muhofaza qilish bo‘yicha vazifalari, respublika mutaxassislarining Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik va Xalqaro elektraloqa ittifoqi ish faoliyatida ishtiroki to‘g‘risida axborot taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rejasiga asosan Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasining "Radiochastota spektri to‘g‘risida"gi qonuni ijrosi va amaliy joriy etish holatini o‘rganish bo‘yicha nazorat-tahliliy ishlar to‘g‘risidagi axborot tinglandi.

O‘tkazilgan o‘rganish fuqarolarning axborotdan foydalanishini kafolatlovchi konstitusion normalarni so‘zsiz ijro etish bo‘yicha zarur sharoitlar yaratish, axborot sohasida fuqarolik institutlari faoliyatini yanada rivojlantirish, axborot bozori ishtirokchilari faoliyati samaradorligini oshirish, axborot sohasi qonunchiligini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan "O‘zbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanish konsepsiyasi"ning yangi tahriri ko‘rib chiqildi va ma'qullandi.

Komissiya yig‘ilishida radiochastota biriktirishlarning Milliy ma'lumotlar bazasini yaratish va uni shakllantirish holati haqidagi masalasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zR RChDKning radioelektron vositalarni olib kirish va respublika hududida foydalanish to‘g‘risida qabul qilgan qarorlariga asosan ajratilgan chastotalar polosasida radiochastota spektridan foydalanuvchilar tomonidan olib borilayotgan tajriba ishlarining borishi va radiochastota spektridan foydalanish bo‘yicha qator masalalar ham qo‘rib chiqildi, ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Mavzuga doir

10 Fevral 2012
Kadrlar salohiyati: Imkoniyatlar va sharoitlar
Boshqaruv
Kadrlar salohiyati: Imkoniyatlar va sharoitlar

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Hay'atining  navbatdagi yig‘ilishi dolzarb bo‘lgan ushbu masalalarga  bag‘ishlandi. Yig‘ilishni Agentlik Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari A.Ishanxodjayev boshqardi.

30 Yanvar 2012
2011-yil: Quvonchli natijalar, 2012-yil: Muhim vazifalar
Boshqaruv
2011-yil: Quvonchli natijalar, 2012-yil: Muhim vazifalar

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Hay'atining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis video va audio selektor orqali joylarga uzatildi.

30 Dekabr 2011
2011 yilda...
Boshqaruv
2011 yilda...

2011 yil aloqa va axborotlashtirish sohasida o‘ziga xos iz qoldirdi. Quyida o‘tayotgan yilda sohada ro‘y bergan muhim voqealar va amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlarning ayrimlari yodga olinadi.