Kadrlar salohiyati: Imkoniyatlar va sharoitlar

10 Fevral 2012
  • Foto:
dan

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Hay'atining  navbatdagi yig‘ilishi dolzarb bo‘lgan ushbu masalalarga  bag‘ishlandi. Yig‘ilishni Agentlik Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari A.Ishanxodjayev boshqardi.

Hay'atda dastlab Agentlikning kadrlarni tayyorlash va  qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i F.Safarova "Aloqa va axborotlashtirish sohasida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash holati, ushbu masalada korxona rahbarlarining mas'uliyati hamda sohada kadrlar zaxirasi holati" to‘g‘risida ma'ruza qildi. Ma'ruzachi Agentlik tizimida kadrlar tayyorlash masalasi strategik jihatdan ustuvor yo‘nalishlardan ekanligini ta'kidlab, bu boradagi ishlarning holati to‘g‘risida batafsil so‘z yuritdi.

RAQAMLAR SO‘ZLAYDI:

2009 yilda   9169 nafar xodim o‘qitilgan: 86 foizi malaka oshirgan, 14 foizi qayta tayyorlangan.

2010 yilda 11693 nafar xodim o‘qitilgan: 92 foizi malaka oshirgan, 8 foizi qayta tayyorlangan.

2011 yilda 14786 nafar xodim o‘qitilgan: 91 foizi malaka oshirgan, 9 foizi qayta tayyorlangan.

 Soha korxonalari tomonidan xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga:

2009 yilda 506 285,76 ming so‘m;

2010 yilda 457 923,32 ming so‘m;

2011 yilda 559 215,39 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va filiallarida 2012 yilda 28ta nomzodlik, 5ta doktorlik, 2013 yilda esa 23ta nomzodlik, 3ta doktorlik, 2014 yilda 20ta nomzodlik, bitta doktorlik dissertatsiyasi himoyalari rejalashtirilgan.

Ma'lumki, sohada oliy ma'lumotli mutaxassislar bugungi kunda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida 15ta bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va 13ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlanmoqda. Universitet va filiallarda 2010-2011 o‘quv yilida ta'limni ishlab chiqarishga yo‘naltirish maqsadida, soha korxonalarida 1352ta bakalavriatura va 131ta magistratura bosqichini  bitiruvchi talabalarning amaliyoti tashkil etildi, bitiruv malakaviy ishlarning 68 foizi va magistrlik dissertatsiya ishlarining 70 foizi soha korxonalari buurtmalari asosida bajarildi hamda ularga korxona mutaxassislari ilmiy rahbarlik qildilar.

Aloqa va axborotlashtirish sohasida rahbar kadrlarni tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida hamda uning qoshidagi Oliy biznes maktabida amalga oshirilib kelinmoqda. 1996 yildan buyon Akademiyani jami 40 nafar soha xodimi tamomlagan. Akademiyada bugungi kunda uch nafar rahbar mutaxassis ta'lim olmoqda. O‘tgan vaqt davomida Oliy biznes maktabida 12 nafar xodim o‘qidi. Ayni paytda olti nafari mazkur maktabda ta'lim olapti. Akademiya va Oliy biznes maktabida ta'lim olayotgan sakkiz nafardan tinglovchi rahbar kadrlar zaxirasiga kiritilgan.

Agentlik va uning tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbar kadrlar zaxirasi 1214 nafar nomzoddan iborat bo‘lib, 13 foizini 25-30 yoshdagi, 40 foizini 31-39, 26 foizini 40-45, 14 foizini 46-50, 5 foizini 50 va undan yuqori yoshdagi kadrlar tashkil etadi. Zaxiradagi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, amaliyotini tashkil etish bo‘yicha ham muayan ishlar olib borilmoqda.

Hay'at kun tartibidagi ikkinchi masala — "TATU va hududiy filiallar o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va xo‘jalik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida"gi moddiy-texnika bazasini shakllantirish va mustahkamlash, o‘quv-metodik hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha bajarilgan ishlar va rahbarlarning mas'uliyati to‘g‘risida" Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xoljigitov ma'ruza qildi. Ma'ruzachi hozirgi kunda universitet va filiallarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha 17ta korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari imzolanganini, ulardan 6tasi O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya bozorida faoliyat olib borayotgan xorij korxonalari bilan tuzilgan shartnomalar ekanligini qayd etdi.

Universitet va filiallardagi barcha ma'ruza darslari multimedia vositalari (proyektor va elektron doska, motorli ekran)dan foydalangan holda amalga oshirilmoqda. 2010 yil dekabr oyida Vasiylik kengashi hisobidan 150 mln. so‘mga 100ta komputer va 15ta noutbuk, 31ta proyektor hamda motorli ekran olindi va universitetdagi barcha ma'ruza sinflari, 8ta multimedia sinfi o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari bilan ta'minlandi. 2010-2011 yillarda universitet va filiallarda soha korxonalari bilan hamkorlikda 37ta o‘quv laboratoriya sinflari tashkil etildi. TATUning barcha hududiy filiallarida ingliz tilini maxsus dastur asosida mukammal o‘rganishga mo‘ljallangan, eng zamonaviy komputer va multimedia jihozlari bilan jihozlangan lingafon sinflari tashkil etildi.

Janubiy Korea, Xitoy, Ispaniya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda  universitetning 23 nafar magistrant va doktoranti ta'lim olmoqda, bundan tashqari, Samarqand filialining to‘rt nafar xodimi Rossiya Federatsiyasi oliy ta'lim muassasalari aspirantura va magistraturasiga qabul qilindi. Qarshi filiali bir nafar bitiruvchisi Janubiy Koreaning Yunan universitetiga yuborildi.

Yig‘ilishda "O‘zbektelekom" AK bosh direktori M.Mahmudov, "O‘zbekiston pochtasi" OAJ bosh direktori R.Qosimov,  TATU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori X.Soatov, "Alskom" sug‘urta kompaniyasi bosh direktori T.Iminov kun tartibidagi masalalar bo‘yicha uchrayotgan kamchiliklar, muammolarni bartaraf etish borasidagi o‘z takliflarini bildirdi.

Hay'atda ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Xabar

Mavzuga doir

10 May 2012
Tantanali marosim
Boshqaruv
Tantanali marosim

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida Aloqachilarning kasb bayrami munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda aloqa korxonalari, tashkilotlari va muassasalari rahbar xodimlari ishtirok etishdi.

07 May 2012
Mukofotlar muborak!
Boshqaruv
Mukofotlar muborak!

7 may — Aloqachilarning kasb bayrami nishonlanishi munosabati bilan, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori buyrug‘iga binoan, soha xodimlari va mutaxassislaridan bir guruhi mukofotlandilar.

05 May 2012
Ijro intizomi doimiy mas'uliyatni talab qiladi
Boshqaruv
Ijro intizomi doimiy mas'uliyatni talab qiladi

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining navbatdagi Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Agentlik Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari A.Ishanxodjayev boshqardi.