Konstitutsiya — demokratik taraqqiyotning mustahkam poydevori

09 Dekabr 2011 "O‘zbekiston pochtasi" OAJ Farg‘ona filialida Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 19 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda shu filial hamda "O‘zbektelekom" AK Farg‘ona filiali va viloyat "Matbuot tarqatuvchi" sho‘'ba korxonasi jamoalarining vakillari qatnashdilar.

Tadbirni ochgan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Nosirov Konstitutsiyamizni benazir huquqiy qadriyat sifatida o‘qib-o‘rganish, mazmun-mohiyatini tushunish, amaliy faoliyatda unga og‘ishmay amal qilish, huquqlardan samarali foydalanish va burchlarni vijdonan bajarish to‘g‘risida fikr yuritdi.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasining bosh maqsadi inson huquqlari va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqlik, insonparvar demokratik, huquqiy davlat barpo etishdir. Bu ezgu maqsad mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, barcha jabhalarni demokratik yangilash, bosqichma-bosqich, izchil isloh qilish natijasida amalga oshirilmoqda. Istiqlolning dastlabki yillaridanoq xalqimizning yaratuvchilik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng huquqiy yo‘llar ochildi. Qonuniy asosda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, mulkka ega bo‘lish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Muhim hujjat barqaror bozor iqtisodiga asoslangan demokratik davlat, farovon jamiyat uchun poydevor vazifasini o‘tamoqda. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, "Konstitutsiyamiz davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnomadir. Shu ma'noda Asosiy Qonunimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Chunki uni ishlab chiqish va muhokama etishda butun xalq ishtirok etdi. Bir so‘z bilan aytganda, Konstitutsiyamiz tom ma'noda xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsulidir".

Bu haqda TATU Farg‘ona filiali “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Ne'mat Usmonovning ma'ruzasi tinglandi.

Tadbir qatnashchilari mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar faolligini oshirishning ahamiyati, qonunlarga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqidagi qator savollariga javob oldilar.

H.ASQAROVA

* * *

Bobur nomidagi Andijon viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligiga bag‘ishlangan "Konstitutsiya — huquqiy davlat qurishning asosi" mavzusida bellashuv o‘tkazildi.

Tadbirda shahardagi Axborot texnologiyalari kollejining 1-bosqich o‘quvchilari Shahnoza Mirzakarimova sardorligidagi "Adolat" hamda Dilorom Biloldinova sardorligidagi "Fidokor" guruhlari o‘zaro bellashdi.

Guruhlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning tarixiga oid savollar bilan murojaat etildi. Bellashuvda huquqiy bilimlari raqib guruhdan bir oz bo‘lsa-da yuqoriroq bo‘lgan "Adolat" guruhi a'zolari g‘olib deb topildi.

Tadbirda "O‘zbekkino" milliy agentligi Andijon viloyat bo‘limi boshlig‘i Abdug‘ulom Abdullayev so‘zga chiqib, ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligi bilan muborakbod etdi va jamiyat rivojlanishida yoshlarning oldida turgan muhim vazifalar, burch va erkinliklari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir so‘ngida ekspertlar guruhi raisi, axborot-kutubxona markazi direktori G.Ismoilova bellashuv g‘oliblarini tabriklab, esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Tadbirdan so‘ng o‘quvchilar uchun "O‘zbekkino" milliy agentligi Andijon viloyat bo‘limi tomonidan "O‘zbekiston mustaqillik arafasida yoxud sho‘rolar talvasasi" hujjatli filmi namoyish etildi.

Xuddi shunday bellashuv Andijon garnizoni tasarrufidagi 33171-harbiy qismda ham o‘tkazildi. Unda harbiy qismning batalion va vzvodlarida o‘z askarlik burchini o‘tayotgan "Qalqon", "Adolat", "Demokrat", "Yuristlar"dan iborat to‘rtta jamoadan jami 20 nafar askar o‘zaro bellashdi.

Askarlarning bellashuvga a'lo darajada tayyorgarlik ko‘rganliklari tadbir davomida yaqqol ko‘zga tashlandi.

Bellashuv davomida yig‘ilgan ballar bo‘yicha "Yuristlar" jamoasi g‘olib deb topildi.

G‘olib jamoa harbiy qismning faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

N.QILIChEVA, N.YO‘LDOShEVA, Andijon viloyati AKM kutubxonachilari

* * *
Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazida ham Konstitutsiya qabul qilingan kunga bag‘ishlangan "O‘zbekiston Konstitutsiyasi — demokratik taraqqiyotning mustahkam poydevori" mavzuida kitobxonlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir viloyat yozuvchilar uyushmasi, adliya boshqarmasi, Termiz maktabgacha ta'lim va xizmat ko‘rsatish kolleji bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Anjumanda so‘zga chiqqanlar Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati, unda fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, hayoti, qadr-qimmati yuqori darajada mustahkamlab qo‘yilganligi xususida batafsil so‘z yuritishdi.

Shuningdek, axborot-kutubxona markazi kutubxonachilari tomonidan "Mustaqillik — baxtimiz va g‘ururimiz qomusi", "Qonunga hurmat, qonunga itoat hayotimiz mezoni bo‘lsin" nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazmadan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Yurtboshimizning asarlari, Konstitutsiyaga bag‘ishlangan nashrlar o‘rin olgan. "Siz Konstitutsiyani bilasizmi?" mavzuida suhbatlar ham o‘tkazildi. Suhbatlarda Termiz Davlat universiteti va Termiz axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji talabalari faol ishtirok etishdi. Axborot-bibliografiya bo‘limi tomonidan ko‘rgazmaga qo‘yilgan nashrlarning bibliografik sharhi berildi.

Mehriniso MAMATQULOVA, Surxondaryo viloyati AKM direktori o‘rinbosari

Mavzuga doir

11 May 2012
Qadri baland faxriylar
Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!
Qadri baland faxriylar

9 may — Xotira va Qadrlash kuni barcha aloqa va axborotlashtirish sohasi korxonalari singari "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasida ham ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Shu kuni kompaniya rahbariyati matbuot tarqatish tizimida ishlab pensiyaga chiqqan, hozirda keksalik gashtini surayotgan sobiq hamkasblarini bir piyola choyga taklif qildilar.

09 Dekabr 2011
Inson omili
Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!
Inson omili

Mamlakatimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga asoslangan kuchli huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidan dadil bormoqda.

07 Dekabr 2011
Qomusimiz – baxtimiz
Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!
Qomusimiz – baxtimiz

Ertaga yurtimiz aholisi ulug‘ bayram — O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kunni katta tantana bilan nishonlaydi.