Oila — yurt tayanchi

30 Dekabr 2011

Vatan ostonadan boshlanadi. Endigina dunyoga kelgan go‘dak uchun ona bag‘ri Vatan. U ulg‘aya borgan sari Vatan tushunchasini yanada kengroq anglay boshlaydi. Oila, o‘zi voyaga yetayotgan xonadon uning uchun eng qadrdon dargoh. U ana shu dargohda mehrni taniydi. Oqibatni, diyonatni, imon-e'tiqodni anglaydi. Uning nazdida Vatan tushunchasi kengaya borib, buyuk muhabbatni kashf etadi. Yurtga, elga mehr-muhabbatni topadi.

O‘tkir FAXRIDDINOV, "Ozbektelekom" AK Qashqadaryo filiali bosh hisobchisi:

— Bugungi kunda biz hech kimdan kam bo‘lmaydigan demokratik davlat, xalqimiz uchun ozod va farovon hayot qurish maqsadlari bilan yashar ekanmiz, oila institutini yanada mustahkamlash, bu borada olib borilayotgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish alohida ahamiyat kasb etadi, deb ta'kidladi muhtaram Prezidentimiz. Darhaqiqat xalqimiz tinch, totuv va farovon yashashi uchun eng avvalo oila mustahkam bo‘lishi lozim.

Bu yorug‘ olamda hayot bor ekan, oila bor, oila bor ekan, hayot abadiyligi bo‘lmish bebaho ne'mat farzand bor, farzand bor ekan, odamzod hamisha kelajagini uylab ezgu intilishlar bilan yashaydi. Mustahkam oila haqida so‘z yuritar ekanmiz, oila muqaddasligini ta'minlovchi birinchi omil — Ona, ayollarimizning pokizaligi, oqilaligi, mehru muruvvati, sadoqati va vafodorligidadir. Har bir yilimizning tom ma'noda alohida nomlar bilan yuritilishi zamirida zalvorli ishlar, islohotlar, e'tibor va mas'uliyat yotadi. Ulkan ishlar ruyobi amalga oshirilib, boshlangan xayrli ishlar keng quloch yoaveradi.

Nigora RASHIDOVA, "O‘zbekiston pochtasi" OAJ Qashqadaryo filiali saralovchisi:

— Avvalambor oila mustahkam, yurtimiz tinch, insonlari ahil, farovon bo‘lsa, jamiyatda ham rivojlanish bo‘ladi. Har bir oilaning boshi ma'naviyatli bo‘lsa, o‘sha oiladagi farzandlar ham komil inson bo‘lib voyaga yetadi.

Sanjar JABBOROV, "O‘zI-Qarshi" filiali mijozlar bilan ishlash bo‘limi menejeri:

— Oila — yurt tayanchi, jamiyat poydevoridir. O‘zbek xalqi boshqa xalqlardan bolajonligi bilan farq qiladi. Bizda ota-ona farzandlari uchun hech narsani ayamaydi, farzandi uchun yashab, mehnat qiladi. Har bir mustahkam oila yurtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Oilani mustahkamlash esa har birimizning o‘z qo‘limizda. Agar har birimiz oilamizni avaylab-asrasak, uni obod qilsak, mamlakatimiz ham obod, qudratli bo‘ladi. Xalqimiz uchun muqaddas bo‘lmish oilani hayotimizning tayanchi va suyanchi, jamiyatimizning hal qiluvchi asosiy bo‘g‘ini deb qabul qilishimiz zamirida, hech shubhasiz, juda katta ma'no-mohiyat mujassamlangan.

Feruza USMONOVA, TATU Qarshi filiali bo‘lim boshlig‘i:

— Mustahkam oilaning o‘zi bir Vatan. Ana shu Vatanning ichida voyaga yetayotgan yoshlar har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lishi lozim. Yurtimizdagi oilalarning ahil, inoqligi mustahkamlikdan dalolatdir. Oilalarimiz sog‘lom ekan, jamiyatimiz mustahkam. Oilaning mustahkam bo‘lishi aslida nimaga bog‘liq? Ayrimlar mehru muhabbatda desalar, kimlardir o‘zaro munosabatda deb hisoblaydi. Har ikki fikr ham asli haqiqat. Mehr-muhabbat ila o‘rnatilgan munosabatlar oilaning mustahkam bo‘lishini piru badavlat oilalar misolida ko‘rishimiz mumkin.

2012 yil yurtimizda Mustahkam oila yili deb e'lon qilingan ekan, el hurmatiga, izzatiga sazovor oilalar ko‘payaveradi. Jamiyat oiladan boshlanadi deganlaridek, har bir mamlakatning mustahkam oilasi fuqarosining ro‘zg‘ori but, barakotli va, albatta, saodatmand bo‘ladi.

Aftondil ISMOILOV, "Xabar"ning Qashqadaryo viloyatidagi muxbiri

Mavzuga doir

10 May 2012
Sulola
2012-yil — Mustahkam oila yili
Sulola

— Har bitta yurtdoshimiz o‘z yurak tafti-u qalb-qo‘rini avaylab saqlaydigan muqaddas bir maskan bor, u ham bo‘lsa oiladir, — deydi aloqa sohasi faxriylaridan biri, roppa-rosa 32 yil davomida Buxoro viloyati feldyegerlik xizmatida mehnat qilib, hozir qarilik gashtini surayotgan Ismat ota Abdullayev.

05 May 2012
Sog‘lom oila — jamiyat tayanchi
2012-yil — Mustahkam oila yili
Sog‘lom oila — jamiyat tayanchi

Xorazm viloyati aloqa korxona va tashkilotlari o‘rtasida Mustahkam oila yiliga bag‘ishlab "Sog‘lom oila — jamiyat tayanchi" respublika oilaviy musobaqasining II bosqichi hamda "Osh festivali" tanlovining viloyat bosqichi Urganch qurilish kasb-hunar kolleji sport majmuasida o‘tkazildi.    

13 Aprel 2012
Mustahkam oila —  yuksak taraqqiyot sari
2012-yil — Mustahkam oila yili
Mustahkam oila — yuksak taraqqiyot sari

Markaziy kengash Mustahkam oila yili tadbirlari doirasida O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar Hamza tuman kengashi ijroiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda "Mustahkam oila — yuksak taraqqiyot sari" mavzuida davra suhbati uyushtirdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari hamda soha korxona va tashkilotlari kasaba uyushmasi qo‘mitalari faollari qatnashdi.