Soft
Uch o‘lchamli printerlar
Uch o‘lchamli chizmalar asosida narsa-buyumlar "chop etuvchi" printerlar haqida eshitganmisiz? Bu mavzuga so‘nggi paytlarda xorij saytlari va matbuot nashrlari ko‘p murojaat qilmoqda.
O‘tgan asrning 90-yillarida lahzalik fotosuratlari bilan jahon bozorlarini egallagan Polaroid kompaniyasini yaxshi bilasiz. Raqamli texnologiyalar kuchayishi bilan polaroidlarning joyi faqat muzeylarda bo‘lib qolgandi.
"Oqqan daryo oqaveradi " — zamon talabini yaxshi o‘rgangan Polaroid o‘z nufuzini, bozordagi o‘rnini qaytarish uchun astoydil harakat qilayotganiga misol sifatida yaqinda butunlay yangicha qurilmasini taqdim etdi.
Polaroid SC1630 Smart Camera — Android amaliyot tizimida ishlovchi 16 megapikselli birinchi fotokamera. Fotokameraga 3,2 duymli sensor ekran o‘rnatilgan, olingan suratlarni internetga joylashtirish uchun WiFi simsiz texnologiyasi qo‘llangan. Bunga qo‘shimcha sifatida 3 karralik optik zum (aqinlashtirish) va 5 karralik raqamli zumni ham keltirish mumkin.
Diqqatga sazovor tomoni, kamera foydalanuvchiga Android Marketdan dasturlar ko‘chirib olish imkonini beradi, qolaversa, Skype dasturiy ta'minotini o‘rnatib, ovozli muloqot uchun mikrofon va dinamikdan foydalansa bo‘ladi.
Albatta, fotoapparat professionallar uchun mo‘ljallanmagan, ammo u xuddi bir paytlardagi kabi aholi o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otishi ehtimoldan xoli emas.
Uch o‘lchamli chizmalar asosida narsa-buyumlar "chop etuvchi" printerlar haqida eshitganmisiz? Bu mavzuga so‘nggi paytlarda xorij saytlari va matbuot nashrlari ko‘p murojaat qilmoqda.
Mamlakatda mustahkam ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash axborot jamiyatini shakllantirish jarayonini amalga oshirish, axborot texnologiyalarini samarali joriy etish va foydalanishni talab etadi.
Ma'lumki, hozirgi kunda dasturiy ta'minot bilan ta'minlangan har xil turdagi texnik vositalar xalq xo‘jaligining barcha sohalariga kirib kelmoqda va ular hayotimizning bir qismiga aylangan.