Soft
BEST SOFT UZBEKISTAN 2012: Yoshlar uchun imkoniyatlar maydoni
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 16-17 may kunlari an'anaviy "BEST SOFT UZBEKISTAN 2012" Milliy dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumki, hozirgi kunda dasturiy ta'minot bilan ta'minlangan har xil turdagi texnik vositalar xalq xo‘jaligining barcha sohalariga kirib kelmoqda va ular hayotimizning bir qismiga aylangan.
Prezidentimizning tashabbuslari bilan tadbirkorlarga mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Keyingi paytlarda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qatorida texnik vositalar va dasturiy mahsulotlarning ham borligi quvonarli holdir.
Ta'kidlash kerakki, dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilar davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xususan, bir necha yil mobaynida dasturiy mahsulotlarni sotish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod etildi. So‘nggi besh yil mobaynida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi sezilarli darajada kamaytirilgan bo‘lib, u 6 foizni tashkil etadi.
Mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar va zamonaviy texnikalarni ishlab chiqarish hajmini oshirish va ular eksportini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda natijalar to‘g‘risida quyidagi ma'lumotlarni keltirib o‘tamiz:
- «UzDigitalTV» MChJ uchun efir raqamli televideniyeni taqdim etish xizmatini boshqarish bo‘yicha axborot-billing tizimi;
- axborot-kutubxona markazlari uchun kutubxonalarni axborotlashtirishning KaDaTa dasturiy ta'minotining yangilangan versiyasi. Mazkur tizim asosida A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona va RAKMning kutubxona fondlarini kataloglashtirish o‘tkazilmoqda;
- A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada va RAKMda hamda boshqa kutubxonalarning kartochkalarini elektron shaklga o‘tkazish va ish faoliyatini avtomatlashtirish maqsadida SkanDATA dasturiy mahsuloti ishlab chiqilib joriy etilgan;
- O‘zbekiston avtomobil va suv transporti agentligi uchun «Avtotransport AAT» tizimi;
- Korxonalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha “Benuqson ma'lumotnoma” axborot qidiruv tizimi;
- Davlat statistika qo‘mitasi uchun ishlab chiqilgan “Ijtimoiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar ma'lumotlari bazasini boshqarish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan dasturlar kompleksi” loyihasini texnik qo‘llab-quvvatlanish amalga oshirilmoqda;
- Toshkent shahar urologiya markazida poliklinikalar va statsionarlarning biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun MedDATA dasturiy mahsuloti ishlab chiqilgan va joriy etilgan.
Yil davomida sohada erishilgan yutuqlar, yangi kashfiyot va ixtirolar, nou-xaular may oyida o‘tkazilgan «Best Soft – Uzbekistan 2011» dasturiy mahsulotlarning milliy ko‘rgazmasi va dasturchilar milliy forumida, sentabr oyida tashkil etilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha to‘qqizinchi Milliy Sammit va ICTExpo-2011 axborot texnologiyalari xalqaro ko‘rgazmasida keng namoyish etildi. Shuningdek, ushbu tadbirlarda, ular doirasida o‘tkazilgan turli seminar, konferensiya va uchrashuvlarda soha oldida turgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama etildi.
Mazkur tadbirlardagi muhokamalar, fikr-mulohazalar asosida yuzaga kelgan xulosalar yurtimiz aloqa va axborotlashtirish sohasini yanada rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Zotan, sohani taraqqiy topishiga o‘z hissasini qo‘shish ushbu tizimda faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassisning burchidir.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 16-17 may kunlari an'anaviy "BEST SOFT UZBEKISTAN 2012" Milliy dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Shu yilning 15 may kuni poytaxtimizda an'anaviy "BEST SOFT UZBEKISTAN 2012" Dasturchilar milliy forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston softver sanoati, qator xorijiy yetakchi kompaniyalar mutaxassislari va ekspertlari, shuningdek, davlat hamda jamoat tashkilotlari va muassasalari vakillari qatnashdi.
Shu yilning 15-17 may kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududida "BestSoft Uzbekistan 2012" an'anaviy dasturiy mahsulotlar milliy ko‘rgazmasi va Aloqa tarixi muzeyida dasturchilarning milliy forumi o‘tkaziladi.