AT-xabarlar

17 Fevral 2012

SanDisk kompaniyasi keng iste'mol bozori uchun SanDisk Extreme deb nom berilgan yangi SSD-saqlagichlar turkumini chiqardi. Kompaniya ma'lum qilishicha, yangi xotira qurilmalari odatdagi 7200 aylanma/daqiqali qattiq disklarga nisbatan o‘n baravar yuqori tezlikka ega. Ma'lumotlarni o‘qish va yozish tezligi 520 Mb/soniya bo‘lib, ma'lumotlarni ko‘chirish, uzatish va amaliyot tizimini ishga tushirishni jadallashtiradi. Tabiiyki, komputerlar umumiy ish sur'ati ham shunga yarasha oshadi.

Hozircha SanDisk Extreme 120 va 240 gigabaytlik ko‘rinishlarda chiqarilmoqda. Yil oxirigacha 480 gigabaytligini chiqarish ham rejaga kiritilgani aytilmoqda.


Intel korporatsiyasi tranzaksion xotira ishlanmasini qo‘llab-quvvatlovchi Haswell qurilma arxitekturasi taqdimotini o‘tkazdi. Haswellga asoslangan birinchi chiplar 2013 yilda paydo bo‘lishi kutilapti.

Tranzaksion xotira — yuqori ishonchli ko‘p oqimli dasturlar yaratishning yangi usuli. Bu texnologiyaga ko‘ra, tranzaksion modellar bir paytning o‘zida murakkab ko‘p oqimli amaliyotlarni o‘tkazadi, biroq ular bir oqimdagi xatolik butun dasturni ishdan chiqarmasligi uchun bir-biridan izolyatsiyalangan. Ilgari shunga o‘xshash tajriba ko‘p ma'lumotlarni bir paytda ishlash uchun ma'lumotlar bazasida tatbiq etilgandi. Endi bu tajriba qurilmalar sohasida ham sinovdan o‘tmoqda.


Apple kompaniyasi aksiyasining bir donasi 13 fevral kuni ilk bor 500 dollarlik dovonga ko‘tarildi.

Shu tariqa jahondagi eng qimmat kompaniyaning umumiy kapitallashtirish darajasi 465,6 mlrd. dollardan oshib ketdi, bu eng yaqin ta'qibchi Exxon Mobildan 50 mlrd. dollar yuqoridir. Statistika ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi o‘n yilda kompaniya aksiyalari bahosi 4058 foizga qimmatlashgan.


Internetdagi domen hamjamiyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga mas'ul ICANN korporatsiyasiga jahondagi 100dan ortiq domenlarni ro‘yxatga oluvchilar yuqori darajali domen nomlari (GTLD — Generic Top-Level Domains)ni ro‘yxatga olish loyihasida ishtirok etishga ariza topshirgan.

ICANN 29 mart kuni ro‘yxatga oluvchilarning yakuniy ro‘yxatini e'lon qiladi va ular 12 apreldan boshlab yuqori darajali domen nomlarini ro‘yxatga olishning yangi tizimida faoliyat ko‘rsatishni boshlaydi.


O‘tgan hafta Google kompaniyasi Chrome 17 brauzerining yakuniy shaklini taqdim etdi. Brauzerda juda ko‘plab kichik kamchiliklarga barham berilgani, veb-manzillarni yuklashning yangi imkoniyat-u, zararli yuklanmalardan muhofazalanishning yangi usuli qo‘llangani aytilmoqda.

Chrome 17ni brauzerning o‘rnatilgan yangilanish tizimi yoki google.com/chrome manzilidan yuklab olish mumkin.

Mavzuga doir

14 May 2012
Tezkor tizim
Axborot texnologiyalari
Tezkor tizim

Yaqin-aqingacha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hisobotlarini topshirish uchun soliq idoralariga qatnab yurishardi, natijada boy berishgan vaqt hamda sarflangan xarajat ular faoliyatiga salbiy ta'sir etib, gohida tanlangan yo‘ldan voz kechishga boshlagani sir emas.

14 May 2012
Sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lida
Axborot texnologiyalari
Sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lida

Mamlakatimiz bank tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning soni ortib, shunga monand ravishda sifati ham tobora yaxshilanib bormoqda.

11 May 2012
AT-xabarlar: Quyosh energiyasida ishlovchi portativ klaviatura
Axborot texnologiyalari
AT-xabarlar: Quyosh energiyasida ishlovchi portativ klaviatura

Shveysariyaning Logitech kompaniyasi iPad plashetlari uchun quyosh energiyasida ishlovchi portativ klaviaturasi taqdimotini o‘tkazdi. Logitech Solar Keyboard Folio ikkinchi va uchinchi avlod  iPad planshetlari uchun mo‘ljallangan.