Vatan himoyasi — muqaddas burch
Qasamyod
Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining harbiy qismida 25 mart kuni muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yosh askarlarning harbiy qasamyod qilish marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)da Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Marosimning ochilish qismida Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 20 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori H.Muhitdinov hamda O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri T.Xudoybergenovlar yig‘ilganlarni tabriklash uchun so‘zga chiqdilar. Ta'kidlandiki, milliy armiyamizni aloqachi harbiylarsiz, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan mohirona foydalana oladigan mutaxassislarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Shu sababdan ham birgina ushbu harbiy qismdan ikki nafar ofitser davlatimizning yuksak mukofotlariga loyiq ko‘rildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 20 yilligi va Vatan himoyachilari kuni nishonlanishi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa va Favqulodda holatlar vazirliklarining bir guruh xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga binoan, Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi mobil aloqa vositalari alohida markazi tezkor aloqa kompleksi radiostansiya boshlig‘i Nikolay Draglin "Sodiq xizmatlari uchun" medali hamda 2-son avariya-tiklash ishlari boshqarmasi boshlig‘ining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari o‘ulomjon Rizoyev "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.
Yig‘ilishda davlatimizning ushbu yuksak unvonlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. Bir guruh ofitser va xizmatchilar "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil" esdalik nishonlari bilan ham taqdirlandilar.
Shuningdek, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi buyrug‘iga ko‘ra, bir guruh ofitserlarga Agentlikning Faxriy yorlig‘i va "O‘z kasbining ustasi" belgisi topshirildi.
Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar Davlat feldyegerlik xizmati va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakultetida ham tashkil etildi. Prezidentimiz Farmoniga ko‘ra, taqdirlanganlar orasida Davlat feldyegerlik xizmati bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari Abduvohid Talibov ham bor. U "Shuhrat" medali sohibi bo‘ldi. Tadbirlarda bir guruh xizmatchilarga "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil" esdalik nishoni va O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Faxriy yorlig‘i topshirildi.
Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining harbiy qismida 25 mart kuni muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yosh askarlarning harbiy qasamyod qilish marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi.
Ertaga yurtimizda katta bayram — Vatan himoyachilari kuni. Bu kunni nafaqat Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilayotganlar, balki keng jamoatchilik katta tantana bilan bayram qiladi.
Mamlakat aholisining xavfsizligini ta'minlash, chegara dahlsizligini asrashda O‘zbekiston qurolli kuchlarining tutgan o‘rni doimo muhim bo‘lib kelgan.