Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Yaponiya bilan o‘ynaymiz

Bugun Yaponiya bilan o‘ynaymiz

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Bugun, 17-yanvar kuni Osiyo Kubogida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi guruhdagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi.

Yaponiyaga qarshi kechadigan bahsda guruh g‘olibi nomi aniqlanadi. Ikki turdan so‘ng har ikki jamoa hisobida ham 6 ochkodan bor. To‘plar nisbatiga ko‘ra, O‘zbekiston guruh yetakchiligini qo‘lga olgan. Shu sabab, durang natijada ham jamoamiz o‘z o‘rnida qoladi.

Vakillarimiz o‘yinda oq, yaponiyaliklar esa ko‘k libosda maydonga tushadilar.

Bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi. O‘yin «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

«F» guruhi. 3-tur.

BAA. Al Ayn. «Halifa bin Zayd» stadioni. 17:30. (Toshkentda 18:30).

Yaponiya – O‘zbekiston.

Hakamlar: Muhammad Abdulla Hasan Muhammad, Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla va Hasan Muhammad Hasan Abdulla (barchasi BAA). Darvoza ortida: Ammor Junaybiy (BAA), Ali Sabah Ad-Day Al-Qaysiy (Iroq)

O‘zaro o‘yinlar statistikasi

O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi jami 10ta o‘yin o‘tkazgan. Shulardan 1ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 3ta o‘yin durang bilan tugagan, 6ta uchrashuvda esa mag‘lubiyatga uchralgan. To‘plar nisbati 9-28 — Yaponiya foydasiga.

Tariximizdagi yagona g‘alaba 2012 yil 29 fevral kuni qo‘lga kiritilgan. O‘shanda Aleksandr Shadrin tomonidan urilgan yagona gol vakillarimizga g‘alaba taqdim qilgandi. 

  • 11.09.1996 Yaponiya — O‘zbekiston 1:0
  • 09.12.1996 Yaponiya — O‘zbekiston 4:0
  • 07.09.1997 Yaponiya — O‘zbekiston 6:3
  • 11.10.1997 O‘zbekiston — Yaponiya  1:1
  • 17.10.2000 Yaponiya — O‘zbekiston 8:1
  • 15.10.2008 Yaponiya — O‘zbekiston 1:1
  • 06.06.2009 O‘zbekiston — Yaponiya 0:1
  • 06.09.2011 O‘zbekiston — Yaponiya 1:1
  • 29.02.2012 Yaponiya — O‘zbekiston 0:1
  • 31.03.2015 Yaponiya — O‘zbekiston 5:1

Raqibning natijalari

Yaponiya ayni paytda FIFA reytingida 50-o‘rinda bormoqda. OFK reytingida esa 3-pog‘onani egallab turibdi. «Samuraylar» Osiyo Kuboklarida hammadan ko‘p — jami 4 marta g‘alaba qozonishgan (1992, 2000, 2004 va 2011-yillar). Jami 8 marta Osiyo Kubogida ishtirok etib, 41ta o‘yin o‘tkazishgan. Shulardan 24tasida g‘alaba qozonib, 12ta o‘yinda durang qayd etishgan va atigi 5ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring