Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1 terabayt xotiraga ega dunyodagi eng kichkina fleshka taqdim etildi

1 terabayt xotiraga ega dunyodagi eng kichkina fleshka taqdim etildi

Foto: «ITC.ua»

«Western Digital» kompaniyasi o‘zining «SanDisk» sho‘’ba korxonasi qoshida Las-Vegasda bo‘lib o‘tayotgan CES 2018 ko‘rgazmasi uchun bir qator yangi qurilmalarni taqdim etdi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Taqdim etilgan qurilmalar orasida «1 terabayt xotira sig‘imiga ega USB-C ulagichli dunyodagi eng kichkina flesh-xotira» alohida ahamiyatga ega. Qurilmadan nafaqat kompyuterda, balki «Android» smartfonlarida ham foydalanish mumkin.

Ishlab chiqaruvchilar hozircha yangi qurilmaning texnik tavsiflari haqida batafsil ma’lumotlarni bermadi. Ammo u sotuvga arzon narxlarda chiqmasligi aniq — 1 terabayt sig‘imiga ega «USB-C» ulagichli oddiy SSD tashqi xotira hozirda 350 dollar atrofida.

Bundan tashqari kompaniya vakillari «SanDisk Ultra Fit» deya ataluvchi USB 3.1 interfeysli 256 gigabayt xotira hajmiga ega fleshkani, ma’lumotlarni 550 MB/soniya tezligida o‘qiy oladigan «SanDisk Extreme Portable SSD» tashqi xotirasini namoyish etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring