Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

100 dollarlik «aqlli» tish cho‘tkasi taqdim etildi. U tish tozalashning samarali usulini o‘rgatarkan

100 dollarlik «aqlli» tish cho‘tkasi taqdim etildi. U tish tozalashning samarali usulini o‘rgatarkan

Foto: «ITC.ua»

«Colgate» kompaniyasi sun’iy intellektga ega «Colgate Smart Electronic Toothbrush E1» tish cho‘tkasini taqdim etdi. «Apple» uchun yaratilgan qurilmaning narxi 100 dollarni tashkil etadi va faqatgina «Apple» do‘konlarida sotiladi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Aslini olganda cho‘tkada hech qanday olamshumul sun’iy intellekt mavjud emas, shunchaki tishini yuvayotgan odamga turli maslahatlar beradigan dastur mavjud.

«Colgate Connect» maxsus dasturi va «Bluetooth» interfeysi yordamida cho‘tka «iPhone» smartfonlari yoki «Apple Watch» soatlari bilan bog‘lanib, foydalanuvchining faolligini yozib boradi hamda real vaqtda tishni tozalashning ancha samarali usullarini taklif etadi. Qurilma «Apple» uchun eksklyuziv ishlab chiqarilgani uchun uning «Android» talqini yo‘q.

«Colgate» hatto bolalarni tishni tozalashga jalb qiladigan maxsus o‘yinni ham yaratdi. Qurilmadagi akkumulyator 10 kunga yetadi va shundan so‘ng uni yana quvvatlantirish talab qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring