Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining 100 000-foydalanuvchisi maxsus sovg‘a bilan taqdirlanadi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining 100 000-foydalanuvchisi maxsus sovg‘a bilan taqdirlanadi

Foto: «Noi.md»

Davlat xizmatlari markazlari orqali bugungi kunga qadar jismoniy va yuridik jaxslarga 500 mingga yaqin davlat xizmati ko‘rsatildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga agentlik axborot xizmati xabar bermoqda. Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxlar tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz) orqali jami 80 mingta davlat xizmatidan foydalanilgan.

O‘zbekiston Prezidentining «Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmatlardan foydalanishning qulayligi va ustunligini, jumladan, aholiga mazkur tartibni chuqur o‘rgatish orqali ularning Internet tarmog‘idan murojaat qilishini rag‘batlantirish amaliyotini joriy etilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatidan foydalangan 500 000 (besh yuz minginchi) foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlar agentligining maxsus sovg‘asi bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, joriy yilning 8-dekabr kuniga qadar Internet tarmog‘ida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatidan eng ko‘p foydalangan arizachi ham maxsus sovg‘a bilan taqdirlanadi.

Tanlovda g‘oliblar «Facebook» internet tarmog‘idagi «Davlat xizmatlari agentligi — Agentstvo gosudarstvennix uslug» sahifasida hamda agentlikning «Telegram»dagi rasmiy kanali orqali e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring