Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

12-aprel. «Yunion Jek», inson kosmosda, millioninchi «GAZ-24», Donbass urushiga to‘rt yil va boshqa muhim voqealar

12-aprel. «Yunion Jek», inson kosmosda, millioninchi «GAZ-24», Donbass urushiga to‘rt yil va boshqa muhim voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Xalqaro inson kosmosga uchgan kun (BMT).
  • Kosmonavtika kuni (Rossiya).
  • Raketa-kosmik soha xodimlari kuni (Ukraina).
  • Fan xodimlari kuni (Qozog‘iston).

Voqea-hodisalar

  • 240-yil — fors shohi Ardasher I o‘g‘li Shopurni taxtga chiqardi.
  • 467-yil — Prokopiy Antemiy G‘arbiy Rim imperatori bo‘ldi.
  • 1204-yil — salibchilar qamal qilgan Konstantinopoldan Vizantiya imperatori Aleksiyning qochishi.
  • 1606-yil — Angliya qiroli Yakov I (u bir paytning o‘zida Shotlandiya qiroli ham edi) farmoni bilan keyinchalik «Yunion Jek» deb nom olgan yangi bayroq (Buyuk Britaniyaning hozirgi bayrog‘i) ta’sis etildi. U paytlarda Angliya va Shotlandiya alohida davlatlar bo‘lgani uchun bu bayroq har ikki mamlakatga xizmat qilayotganini bildirish uchun bu davlatlarning kemalariga ilinardi.
  • 1633-yil — Rimda Galileo Galiley ustidan sud boshlandi.
  • 1832-yil — Amerikaning «Brandyvane» paroxodi Missisipida yonib ketdi. 260 kishi halok bo‘ldti.
  • 1857-yil — Floberning «Bovari xonim» romani chop etildi.
  • 1861-yil — konfederatlar Samter fortiga hujum qildi. AQShda fuqarolar urushi boshlandi.
  • 1903-yil — Londonda dunyodagi birinchi ichki yonuv dvigatelli shahar avtobusi yo‘nalishga qo‘yildi.
  • 1911-yil — Londondan Parijga qo‘nmasdan birinchi parvozni Per Priyer «Blerio» monoplanida amalga oshirdi.
  • 1927-yil — Nankin va Shanxayda Chan Kayshi davlat to‘ntarishini amalga oshirdi.
  • 1934-yil — Vashington tog‘i(Nyu-Hempshir shtati, AQSh)da tezligi soatiga 372 kilometrlik shamol esishi kuzatildi.
  • 1943-yil — Fransiyada «Nant» futbol klubiga asos solindi.
  • 1943-yil — sobiq SSSRda yadro qurolini yaratish uchun «Kurchatov instituti» tashkil etildi.
  • 1961-yil — insonning kosmosga birinchi parvozi. Yuriy Gagarin «Vostok» kosmik kemasida Yer sharini aylanib chiqdi.
  • 1964-yil — Yer orbitasiga «Polyot-2» kosmik apparati olib chiqildi.
  • 1970-yil — sobiq SSSRning «K-8» suvosti kemasining halokati. 52 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi.
  • 1980-yil — Liberiyada polkovnik Semuel Dou harbiy to‘ntarish qildi. Mamlakat prezidenti Uilyam Tolbert o‘ldirildi.
  • 1981-yil — «Kolumbiya» kosmik kemasi fazoga uchirildi. Bu «Speys Shattl» dasturi bo‘yicha birinchi boshqariladigan parvoz edi.
  • 1984-yil — sobiq SSSRda 11 yillik o‘rta ta’limga o‘tilishi e’lon qilindi.
  • 1985-yil — Gorkiy avtozavodi konveyeridan millioninchi «Volga GAZ-24» avtomobili chiqarildi.
  • 1988-yil — AQSh patentlar va savdo belgilari byurosi birinchi marta hayvon uchun patent berdi. Bu gen injeneriyasi yordamida yaxshilangan laboratoriya sichqoni edi.
  • 2014-yil — Slavyanskdagi birinchi qurolli to‘qnashuv. Donbassdagi urushning boshlanishi.

Tavallud kunlari

  • 1839-yil — Nikolay Prjevalskiy, rus geografi, Markaziy Osiyo tadqiqotchisi.
  • 1884-yil — Otto Meyerhoff, nemis biokimyogari, Nobel mukofoti laureati.
  • 1933-yil — Monserrat Kabale, ispan-katalon opera qo‘shiqchisi.
  • 1949-yil — Murod Muhammad Do‘st, taniqli yozuvchi.
  • 1956-yil — Endi Garsia, Hollivud aktyori.
  • 1979-yil — Kler Deyns, Hollivud aktrisasi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring