Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ob-havo ma’lumoti: 13-fevral kuni O‘zbekistonda qor va yomg‘ir yog‘adi

Ob-havo ma’lumoti: 13-fevral kuni O‘zbekistonda qor va yomg‘ir yog‘adi

Foto: «UzNews.uz»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 13-fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +2 ... +4 daraja, kunduzi +12 ... +14 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Nukusda havo harorati kechasi -8 ... -3 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja iliq bo‘ladi. Urganchda esa kechasi -5 ... 0, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +2 ... +7 daraja, kunduzi +12 ... +17 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +9 ... +14 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +2 ... +7 daraja, kunduzi +11 ... +16 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +6 ... +11 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi -2 ... +3 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +9 ... +14 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring