Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

16-aprel. Nyuton — ritsar, «o‘lim kemasi», urushning so‘nggi qurbonlari, «sovuq urush», Magellan va Gagarin izidan hamda boshqa voqealar

16-aprel. Nyuton — ritsar, «o‘lim kemasi», urushning so‘nggi qurbonlari, «sovuq urush», Magellan va Gagarin izidan hamda boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Politsiya xodimlari kuni (Armaniston).
  • Birinchi konstitutsiya kuni (Bolgariya).
  • Qirolicha Margrete tavalludi kuni (Daniya).

Voqea-hodisalar

  • 1607-yil — inglizlar Virjiniyaga doimiy yashash uchun ko‘chib kela boshlashdi.
  • 1705-yil — qirolicha Anna Isaak Nyutonga ritsarlik unvonini berdi.
  • 1797-yil — Rossiya imperatori Pavel I ga toj kiydirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
  • 1848-yil — Gabsburglar imperiyasida qarollik bekor qilindi.
  • 1862-yil — AQShdagi fuqarolar urushi: shimolliklar Yangi Orleanni zabt etishdi.
  • 1863-yil — Fransiyada «Plongeur» — XIX asrning eng yirik suvosti kemasi suvga tushirildi.
  • 1871-yil — Germaniya imperiyasi konstitutsiyasi qabul qilindi. Berlin imperiya poytaxtiga aylandi.
  • 1906-yil — AQSh va Xitoy o‘rtasida suvosti kabeli yotqizish ishlari yakunlandi.
  • 1912-yil — amerikalik Harriyet Kuimbi samolyotda La-Mansh ustidan uchib o‘tgan birinchi ayol bo‘ldi.
  • 1922-yil — SSSR va Germaniya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi.
  • 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi: Germaniyaning «Goyya» kemasi sovetlarning «L-3» suvosti kemasi tomonidan cho‘ktirib yuborildi. Misli ko‘rilmagan darajadagi bu halokat 6900 dan ortiq insonning umriga zomin bo‘lgan.
  • 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi: Berlin operatsiyasining boshlanishi.
  • 1947-yil — Janubiy Karolina senati yig‘ilishida amerikalik siyosatchi va moliyachi Bernard Barux birinchi bo‘lib «sovuq urush» iborasini qo‘lladi.
  • 1948-yil — Yevropa iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga asos solindi.
  • 1964-yil — amerikalik uchuvchi Jeraldina Mok samolyotini G‘arbiy Germaniyaga qo‘ndirdi va Yer sharini aylanib chiqqan birinchi ayolga aylandi.
  • 1992-yil — Afg‘oniston prezidenti Muhammad Najibullo tuzumining ag‘darilishi.
  • 1996-yil — professional boks tarixida ilk bor O‘zbekiston vakili — Artur Grigoryan jahon chempioni bo‘ldi. Germaniyaning Hamburg shahrida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz puerto-rikolik bokschi Antonio Riverni 12-raundda nokautga uchratdi.
  • 2003-yil — Yaponiyaning «NTT» korporatsiyasi jamoat joylariga o‘rnatilgan 100 mingdan ziyod telefon-avtomatlarini yopishini ma’lum qildi. Bunga mamlakatda mobil aloqaning keng tarqala boshlagani sabab bo‘ldi.
  • 2014-yil — Janubiy Koreya janubi-g‘arbiy qirg‘oqlarida «Sevol» paromi halokatga uchradi; 304 kishi nobul bo‘ldi.

Tavallud kunlari

  • 1319-yil — Ioann II, Fransiya qiroli.
  • 1660-yil — Hans Sloan, ingliz shifokori va tabiatshunosi. Uning kitoblari va jamg‘armalari asosida Britaniya muzeyiga asos solingan.
  • 1844-yil — Anatol Frans, fransuz yozuvchisi, Nobel mukofoti laureati.
  • 1867-yil — Uilber Rayt, ixtirochi, aviakonstruktor, mashhur aka-uka Raytlarning kattasi.
  • 1889-yil — Charli Chaplin, ingliz va amerika aktyori, rejissyor, ssenariynavis.
  • 1940-yil — Margrete II, Daniya qirolichasi.
  • 1947-yil — Karim Abduljabbor, amerikalik basketbolchi.
  • 1955-yil — Anri, Lyuksemburg buyuk gersogi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring