Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2017-yilda tabiiy gaz qazish va neft mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi yetarli darajada bajarilmagan

2017-yilda tabiiy gaz qazish va neft mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi yetarli darajada bajarilmagan

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

Uglevodorod xom ashyosini qazib olishni ko‘paytirishning 2021-yilgacha bo‘lgan dasturi va uni amalga oshirish mexanizmlari tasdiqlandi. Bu 25-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tizimida geologiya-qidiruv va qazib olish ishlari samaradorligi, yoqilg‘i materiallari bilan ichki ehtiyojni ta’minlashning ahvoli, tizimdagi istiqbolli vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Mamlakatimizda yer osti boyliklari ko‘p. Ularni o‘zlashtirish va qayta ishlash bo‘yicha yangi tizim yaratildi. Xo‘sh, yurtimiz boyliklari xalqimizga qanday manfaat keltirmoqda, dedi davlatimiz rahbari.

2017-yilda neft va gaz kondensati qazish, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha belgilangan reja bajarilgan. Lekin tarmoqda yillar davomida ko‘plab muammolar to‘planib qolgan.

Zaxiralar yetarli darajada oshirib borilmagani sababli 2017-yilda tabiiy gaz qazish va neft mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi yetarli darajada bajarilmagan. Geologiya-qidiruv jarayonidagi burg‘ilash hajmi bo‘yicha prognoz 77 foizga bajarilgan. Agar bu ishlar to‘liq ado etilganida zaxirani yanada oshirish mumkin bo‘lar edi.

Shuningdek, ekspluatatsion burg‘ilash ishlari prognozi 49 foizga va qurilishi tugatilgan quduqlar soni prognozi 53 foizga bajarilgan, xolos.

Tabiiy gaz qazish quvvatlari hamda tarqatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ta’mirlash ishlari ham yetarli darajada emas. Buning oqibatida gaz qazib olishdan boshlab, uni iste’molchiga yetkazib berguncha ushbu tabiiy boylikning 6 foizi yo‘qotilmoqda.

Prezidentimiz shu kabi kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilar ekan, uglevodorod zaxiralarini oshirish va qazib chiqarishni ko‘paytirish borasidagi muhim vazifalarni belgilab berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring