Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2019-yilda qancha bog‘cha qurilishi va ta’mirlanishi ma’lum bo‘ldi

2019-yilda qancha bog‘cha qurilishi va ta’mirlanishi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, 447 ta maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 1 trillion 654 milliard so‘m ajratildi. Bu ko‘rsatkich 2018-yilga nisbatan 448 milliard so‘mdan ko‘p, deb xabar bermoqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Ajratilgan mablag‘larning katta qismi viloyatlarda maktabgacha ta’limni rivojlantirishga yo‘naltiriladi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 18 ta maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 53,5 million so‘m;
  • Andijon viloyatida 37 maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 136,075 mln so‘m;
  • Buxoro viloyatida 44 maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 141 750 mln so‘m;
  • Jizzax viloyatida 25 ta maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 81,075 mln so‘m;
  • Qashqadaryo viloyatida 39 maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 134 850 mln so‘m;
  • Navoiy viloyatida 17 maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 48,6 mln so‘m;
  • Namangan viloyatida 34 maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 104,44 milliard so‘m;
  • Samarqand viloyatida 45 maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 144 405 mln so‘m;
  • Surxondaryo viloyatida 36 maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 124,095 mln so‘m;
  • Sirdaryo viloyatida 19 ta maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 71 825 mln so‘m;
  • Toshkent viloyatida 44 maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 153 350 mln so‘m;
  • Farg‘ona viloyatida34 maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 128,850 mln so‘m;
  • Xorazm viloyatida 31 ta maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 107 355 mln so‘m;
  • Toshkent shahrida 24 maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 120 360 mln so‘m ajratilmoqda.  

Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan binolarini rekonstruksiya qilish hajmining ortishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ishlab chiqarish joylaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori doirasida 2019-yilda budjet mablag‘larini kamaytirish va maktabgacha tarbiya tizimida bolalarni qabul qilish darajasini oshirish maqsadida 53 ta bo‘sh bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.   

2018-yilda rekonstruksiya qilingan maktabgacha ta’lim muassasalarining soni 2017-yilga nisbatan uch baravar, ya’ni: 105dan 298 taga ko‘paydi. Yangi qurilish loyihalari soni: 2 dan 40 gacha yetdi.

2019-yilda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlarni 1,5 martaga ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. 2018-yilda maktabgacha ta’lim muassasalarining soni o‘tgan yilga nisbatan 5 211 tadan 7104 gacha ko‘paydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring