Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istonda umra va haj safarlariga borish uchun 2035-yilgacha navbatda turganlar bor

Qoraqalpog‘istonda umra va haj safarlariga borish uchun 2035-yilgacha navbatda turganlar bor

Foto: «Minor.uz»

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi ma’lumotlariga qaraganda, umra va haj safarlariga borish niyatida 2035-yilgacha navbatda turgan fuqarolar bor ekan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Xabarda aytilishicha, umra safari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 150 o‘rin ajratilgan bo‘lib, joriy yildagi umra safari bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Haj safari esa kuz oylarida bo‘ladi. Shu munosabat bilan shahar va tumanlarda mahalla (ovul) fuqarolar yig‘inlari oqsoqollari va ularning maslahatchilari, masjid imom-xatiblariga safar qilish niyatidagi har bir nomzod bilan suhbat o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Avvalroq Saudiya Arabistonida haj xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar tariflari ko‘tarilishi munosabati bilan 2018-yildan ziyorat qilish narxlari oshirilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi ijtimoiy va diniy tashkilotlar bilan aloqa masalalari bo‘yicha kotibiyatining O‘zAga ma’lum qilishicha. joriy yil haj safariga borish narxi oshishi kutilmoqda. Xabarda Haj va umra ziyoratlari narxining oshirilishi tufayli sababli nomzodlar soni kamayayotgani aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yildan boshlab o‘zbekistonlik fuqarolar uchun haj kvotasi 7200 nafar qilib belgilangandi (ilgari bu ko‘rsatkich 5200 nafar edi). 2018-yildan 10000 nafar ziyoratchilar Umraga yuborilishi ma’lum qilingan. Joriy yilning bahorida 8500 nafar, ramazon mavsumida 1500 nafar yurtdoshlarimiz umra ziyoratini ado etishi belgilangan. «Umra — 2018» bahor mavsumi 2018-yil 1 -fevraldan boshlanishini rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring