Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

24 aprel. Sulton Valad, Motsartning ustozi, Savar fojiasi va boshqa voqealar

24 aprel. Sulton Valad, Motsartning ustozi, Savar fojiasi va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Xalqaro yoshlar birdamligi kuni.
  • Jahon laboratoriya hayvonlarini muhofaza qilish kuni.

Voqea-hodisalar

  • 1547-yil — Shmalkalden urushiga nuqta qo‘ygan Myulberg jangi.
  • 1590-yil — hollandiyalik aka-uka Yansenlar mikroskopni ixtiro qilishdi.
  • 1704-yil — Bostonda kolonial Amerikaning ilk muntazam nashri — «Boston nyus-letter» chiqishni boshladi.
  • 1800-yil — AQSh prezidenti Jon Adams bugungi kunda dunyoning eng yirik kutubxonalaridan biriga aylangan Kongress kutubxonasiga asos soldi. Buning uchun 5 ming dollar ajratildi.
  • 1833-yil — AQShda gazli suv uchun patent berildi.
  • 1846-yil — AQSh-Meksika urushi boshlandi.
  • 1867-yil — Rossiya imperiyasi tarkibida Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilib, o‘lkani boshqarish Konstantin Kaufmanga topshirildi.
  • 1884-yil — Namibiya Germaniya mustamlakasiga aylandi.
  • 1898-yil — Ispaniya AQShga urush e’lon qildi.
  • 1916-yil — Angliya mustamlakachilariga qarshi irland xalqining isyoni boshlandi.
  • 1926-yil — Sovet-german do‘stlik va betaraflik shartnomasi imzolandi.
  • 1941-yil — Ikkinchi jahon urushi: Buyuk Britaniya o‘z qo‘shinini Gretsiyadan evakuatsiya qilishni boshladi.
  • 1944-yil — Ikinchi jahon urushi: 3-Belarus fronti tashkil etildi.
  • 1946-yil — «MiG-9» va «Yak-152» reaktiv samolyotlarining birinchi parvozi.
  • 1950-yil — Transiordaniya Iordaniya hoshimiylar qirolligi deya qayta nomlandi.
  • 1953-yil — Britan qirolichasi Yelizaveta II Uinston Cherchillga ritsar unvonini berdi.
  • 1962-yil — AQShda dunyoda birinchi bo‘lib yo‘ldosh orqali shaharlararo televizion signal uzatildi.
  • 1968-yil — Mavrikiy BMTga qabul qilindi.
  • 1970-yil — Xitoy o‘zining birinchi sun’iy yo‘ldoshini fazoga chiqardi.
  • 1970-yil — Gambiya respublikaga aylandi.
  • 1975-yil — «Baader-Maynxof» terrorchilik guruhi Germaniyaning Stokholmdagi elchixonasida portlash uyushtirdi.
  • 1980-yil — AQShning Tehrondagi elchixonasida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha harbiy amaliyoti muvaffaqiyatsiz tugadi.
  • 1985-yil — Kanada Oliy sudi do‘konlarning yakshanba kunlari ishlashini qonuniy deb topdi.
  • 1990-yil — «Habbl» fazoviy teleskopi ishga tushdi.
  • 2004-yil — AQSh Liviyaga nisbatan 18 yil oldin joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarini bekor qildi.
  • 2009-yil — «General Motors» kompaniyasi «Pontiac» avtomobillarini chiqarishni rasman to‘xtatishini ma’lum qildi.
  • 2013 yil — Savar(Bangladesh)da binoning qulashi; 1127 kishi halok bo‘ldi, 2500 kishi jarohatlandi.

Tavallud kunlari

  • 1226-yil — Sulton Valad (Muhammad Sulton Bahouddin Valad), Jaloliddin Rumiyning to‘ng‘ich o‘g‘li, so‘fiy shoir, mavlaviylik tariqati asoschisi.
  • 1533-yil — Villem I Oranskiy, Hollandiyaning birinchi shtatgalteri (hukmdori).
  • 1620-yil — Jon Graunt, ingliz statistigi, demografiya asoschisi.
  • 1706-yil — Jovanni Martini, italyan bastakori, Yohann Bax, Motsart, Glyuklarning ustozi.
  • 1743-yil — Edmund Kartrayt, mexanik to‘quv stanogini ixtiro qilgan.
  • 1817-yil — Jan Sharl Galissar de Marinyak, shveysariyalik kimyogar, itterbiyni kashf qilgan.
  • 1853-yil — Alfons Bertilon, fransuz antropologi, kriminalist, sud identifikatsiyalash tizimi muallifi.
  • 1880-yil — Gideon Sundbek, shved-amerika muhandisi, «molniya» qadagichni ixtiro qilgan.
  • 1895-yil — Stenli Rouz, ingliz futbolchisi, FIFA prezidenti (1961 —1974-yillar).
  • 1923-yil — Tavakkal Qodirov, O‘zbekiston xalq artisti (1996 yilda vafot etgan)
  • 1942-yil — Barbra Streyzand, amerikalik xonanda va aktrisa, ikki marta «Oskar»ni qo‘lga kiritgan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring