Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 nafar ishtixonlik yoshlarning jinoyatga qo‘l urishiga ishsizlik sabab bo‘lganmi?

3 nafar ishtixonlik  yoshlarning jinoyatga qo‘l urishiga ishsizlik sabab bo‘lganmi?

Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan va jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi mudhish voqea ko‘pchilikning dilini xira qildi. Bugun ular shu jinoyatni sodir etmaganida ishtixonlik bir oilaning 5 nafar insoni hayotdan bevaqt ko‘z yummagan bo‘lar edi.

Mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablarini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Yoshlar press klubining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ishtixon tumanida 141 ta nosog‘lom muhitga ega oilalar mavjudligi qayd etildi.

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilovning aytishicha, atigi 22 mln so‘m evaziga butun boshli bir oiladagi 5 nafar shaxsning yoshlar tomonidan o‘ldirilganligi «qilayotgan loyihalarimiz, tadbirlarimiz samara bermayaptimi?» degan savolni keltirib chiqarmoqda, jinoyatning ildizi ishsizlikka emas, aksincha oiladagi nosog‘lom muhit, tarbiyadagi loqaydlik va befarqlikka borib taqaladi. 

Muloqotda aytilishicha, 2018 yil «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi ishchi guruhi tumanda manzilli ro‘yxat tuzish bo‘yicha ana shu yoshlarning uyiga ham tashrif buyurgan. Ularga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha imtiyozli kreditlarni taklif etishgan. Ammo ular kreditga ehtiyojlari yo‘qligini bildirib, taklifni rad qilishgan.

—Bugun viloyatimizda ro‘y bergan jinoyatchilikning yoshlar tomonidan amalga oshirilgani barcha mutasaddilarni sergaklikka chaqirdi. Viloyatning hamda tumanning 4 ta sektor rahbarlari bilan jinoyatning kelib chiqish sabablarini muhokama qildik. Kelgusida faoliyatimizda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilab oldik, – deydi Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Dilmurod Qurbonov.

Shahnoza Nurullayeva

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring