Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

456 nafar bemor noto‘g‘ri og‘riq qoldiruvchi doridan halok bo‘lgan

456 nafar bemor noto‘g‘ri og‘riq qoldiruvchi doridan halok bo‘lgan

Foto:«Hurriyet»

Angliyaning Portsmut shahridagi «Gosport» shifoxonasida 1989–2000-yillar mobaynida sodir bo‘lgan 833 ta shubhali o‘limni tekshirish uchun tuzilgan mustaqil komissiya 456 nafar bemorga me’yoridan ortiq og‘riq qoldiruvchi dori berilgani tufayli halok bo‘lganini aniqladi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Komissiya a’zolari yana 200 nafar bemor shunday holatda jon bergan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Shifokor Jayn Barton bemorlarga me’yoridan ortiq og‘riq qoldiruvchi dori bergan.

Komissiya raisi Jeyms Jonsning aytishicha, shiforkorlar bemorlarga tashxis qo‘ymasdan og‘riq qoldiruvchi dorilar bergan.

Angliya sog‘liqni saqlash vaziri Jermi Hyunt parlament oldida bu voqea yuzasidan hisobot berishi kutilyapti.

2014-yilda tuzilgan komissiya uchun 14 million dollar mablag‘ sarflangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring