Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

7-may. «To‘qqizinchi simfoniya», radio kuni, «Luzitaniya», noodatiy Merkuriy va boshqa voqealar

7-may. «To‘qqizinchi simfoniya», radio kuni, «Luzitaniya», noodatiy Merkuriy va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Radio kuni (Armaniston, Belarus, Rossiya).
  • Vatan himoyachilari kuni (Qozog‘iston).
  • Bahor kuni (Shotlandiya).
  • Ibodat kuni (Daniya).

Voqea-hodisalar

  • 1104-yil — Xarron(hozirgi Turkiya)dagi jangda salibchilar mag‘lubiyatga uchradi.
  • 1663-yil — London markazida qirollik teatri ochildi. Hozir bu Angliyadagi eng ko‘hna teatr.
  • 1824-yil — Venada Lyudvig van Betxovenning «To‘qqizinchi simfoniya»si birinchi marta ijro etildi.
  • 1832-yil — Gretsiya mustaqil qirollikka aylandi.
  • 1861-yil — Tennessi shtati AQShdan ajralib chiqishga qaror qildi.
  • 1887-yil — amerikalik Tomas Stivens birinchi bo‘lib velosipedda dunyoni aylanib chiqdi. U uch yildan ortiq vaqt davomida 21,7 ming kilometr masofani bosib o‘tdi.
  • 1895-yil — Peterburgda rus fizigi va elektrotexnigi Aleksandr Popov radio prototipiga aylangan qurilmani namoyish qildi.
  • 1907-yil — Turkiyada «Fenerbaxche» futbol klubiga asos solindi.
  • 1915-yil — Germaniyaning «U-20» suvosti kemasi Angliyaning «Luzitaniya» yo‘lovchi kemasiga hujum qildi; 1198 yo‘lovchi halok bo‘ldi.
  • 1927-yil — Braziliyada «VARIG» — bugungi kunda Lotin Amerikasida eng yirik hisoblangan aviakompaniyaga asos solindi.
  • 1940-yil — Moskva davlat universitetiga Mixail Lomonosov nomi berildi.
  • 1945-yil — Reymsda kechasi soat 2:41da Germaniyaning so‘zsiz taslim bo‘lishi haqidagi hujjat imzolandi.
  • 1946-yil — Tokioda «Tokio susin kogyo» («Tokio telealoqa kompaniyasi») — keyinchalik «Sony» nomini olgan kompaniya tashkil topdi.
  • 1954-yil — AQSh, Fransiya va Angliya sobiq ittifoqning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusiga rad javobini berdi.
  • 1958-yil — «Il-18» samolyotlari tarixidagi birinchi halokat; 10 kishi halok bo‘ldi.
  • 1960-yil — Mixail Tal shaxmat bo‘yicha 8-jahon chempioniga aylandi.
  • 1992-yil — Latviya rubli muomalaga kiritildi.
  • 1997-yil — «Intel» kompaniyasi «Pentium II» mikroprotsessorini chiqardi.
  • 2003-yil — Noyob astronomik hodisa kuzatildi — Merkuriy sayyorasi Yer va Quyosh o‘rtasida harakatlandi.

Tavallud kunlari

  • 1713-yil — Aleksi Klod Klero, fransuz matematigi, Fransiya fanlar akademiyasiga 18 yoshida qabul qilingan.
  • 1774-yil — Frensis Bofort, ingliz dengizchisi, shamol kuchini o‘lchashning 12 balli shkalasini o‘ylab topgan.
  • 1840-yil — Pyotr Chaykovskiy, rus bastakori.
  • 1861-yil — Rabindranat Thakur, hind va bengal yozuvchisi, Nobel sovrindori.
  • 1909-yil — Edvin Lend, amerikalik ixtirochi, «Polaroid» fotokameralarini yaratgan.
  • 1929-yil — To‘lepbergen Qayipbergenov, Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston qahramoni.
  • 1974-yil — Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston xalq artisti.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring