Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

9-may munosabati bilan Toshkentda katta mushakbozlik bo‘ladi

9-may munosabati bilan Toshkentda katta mushakbozlik bo‘ladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentda bayramona mushakbozlik o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Poytaxtimiz osmoni uzra feyrverk soat 21:00da yog‘du sochadi, deb xabar berdi hokimlik matbuot xizmati.

Ushbu shou urush qatnashchilari va faxriylarning yurt tinchligi va ozodligi yo‘lida qilgan ulug‘ xizmatini sharaflash maqsadida tashkil etilmoqda. Bu bilan yoshlar ongiga 9 may – Xotira va qadrlash kunining ahamiyatini singdirish, g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan, vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faxriy, har bir kishi xotirasi abadiylashtirilishi, ularga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatilishini tushuntirish va targ‘ib etish ko‘zda tutilgan, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring