Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vaziri Buxoro viloyatida qabul o‘tkazadi

Adliya vaziri Buxoro viloyatida qabul o‘tkazadi

Foto: «Xabar.uz»

Respublika ishchi guruhi tomonidan adliya vaziri R.Davletov rahbarligida Buxoro viloyatida qabul o‘tkaziladi. Uchrashuvlar joriy yilning 1 va 2 iyun kunlari Buxoro viloyatining quyidagi tumanlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan:

1. Kogon tuman hokimligi majlislar zalida 2019 yil 1 iyun kuni soat 09.00 -12.00 ga qadar (Buxoro, Kogon shahri va Kogon, Qorovulbozor tumanlari tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida);

2. Qorako‘l tuman hokimligi majlislar zalida 2019 yil 1 iyun kuni soat 15.00-18.00 ga qadar (Jondor, Qorako‘l va Olot tumanlari tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida);

3. Peshku tuman hokimligi majlislar zalida 2019 yil 2 iyun kuni soat 09.00 -12.00 ga qadar (Buxoro, Romitan va Peshku tumanlari tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida);

4. G‘ijduvon tuman hokimligi majlislar zalida 2019 yil 2 iyun kuni soat 15.00-18.00 ga qadar (Vobkent, Shofirkon va G‘ijduvon tumanlari tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida).

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi PF-5718-son «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni mazmun va mohiyatini keng tushuntirilib, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni hal etish choralari ko‘riladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring