Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi 10 nominatsiyadan iborat tanlov e’lon qildi

Adliya vazirligi 10 nominatsiyadan iborat tanlov e’lon qildi

Foto: «Xabar.uz»

Adliya vazirligi fuqarolarning huquqiy va ijtimoiy faolligini yanada yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, aholi orasida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini amalga oshirayotgan huquq targ‘ibotchilarini aniqlash va ularni munosib ravishda rag‘batlantirish maqsadida «Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi» tanlovi o‘tkazilishini e’lon qildi.

Tanlov mustaqillik bayrami arafasida 10 nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

«Huquqiy targ‘ibotdagi fidoyiligi uchun»;

«Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi mutaxassis»;

«Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi jurnalist»;

«Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi OAV»;

«Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi bloger»;

«Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi sayt»;

«Huquqiy targ‘ibotdagi eng yaxshi innovatsion loyiha»;

«Mahallada huquqiy madaniyatni yuksaltirishdagi faolligi uchun»;

«Huquqiy targ‘ibotdagi eng yaqin hamkor»;

«Eng yosh huquq targ‘ibotchisi».

Unda mutaxassisligi va kasbidan qat’i nazar, O‘zbekistonning 18 yoshga to‘lgan barcha fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

G‘oliblarga planshet, smartfon kabi qimmatbaho esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari topshiriladi.

Ushbu tanlov O‘zMTRK, «Turonbank» va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Tanlov shartlari, nominatsiyalar, muddatlar va boshqa ma’lumotlar bilan Adliya vazirligi saytida tanishishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring