Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi oylik ish haqi 4 mln. so‘mdan 8 mln. so‘mgacha bo‘lgan ishga taklif qilmoqda

Adliya vazirligi oylik ish haqi 4 mln. so‘mdan 8 mln. so‘mgacha bo‘lgan ishga taklif qilmoqda

Foto: «xabar.uz»

Adliya vazirligi vazirlik markaziy apparatidagi bo‘sh ish o‘rinlariga malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- oliy yuridik ma’lumot;

- davlat tilini yaxshi bilish (rus yoki boshqa tillarni bilish ustunlik beradi);

- yuklatilgan vazifalarni bajara olish, qonun hujjatlarini amaliyotga to‘g‘ri qo‘llanishini tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lish;

- hujjatlar loyihalarini tayyorlash va rasmiylashtirish.

Vazifalari:

- qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

- huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish;

- yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va qonuniy hal etish;

- davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy ishlari holatini monitoring qilish va ushbu tashkilotlar yuridik xizmati faoliyatini metodik ta’minlash, nazorat qilish va muvofiqlashtirish.

- yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun va mohiyatini aholiga va ijrochilarga tushuntirish;

- huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash;

- statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va natijasi bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Oylik ish haqi, ijtimoiy himoyalashga qaratilgan quyidagi choralar va to‘lovlar ta’minlanadi:

- oylik ish haqi – 4 mln. so‘mdan 8 mln. so‘mgacha (mukofot puli va moddiy yordamlardan tashqari). Keyinchalik ushbu oylik ish haqiga martaba darajalari uchun va ko‘p yillik xizmati qo‘shimchalar berib boriladi;

- 6 ta bayram va 4 ta chorak yakunlari bo‘yicha oylik ish haqi fondi miqdorida mukofot pullari;

- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib olish uchun yilda bir marotaba moddiy yordam (eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida);

- uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xodimlarga uy-joy sotib olish uchun besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga va eng kam ish haqining ming barobaridan oshmagan miqdorda foizsiz qarz ajratish.

Bundan tashqari:

- adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalari beriladi;

- ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida chet ellarga xizmat safarlari va stajirovkalarga yuboriladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar 2018 yil 1 may kuniga qadar o‘z shaxsiy varaqasini kadr@minjust.gov.uz elektron pochtasiga taqdim etishlari lozim. Yuborilayogan ma’lumotnomada nomzodning yashash manzili va telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham eks ettirilishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring