Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston hukumati va Tolibon muzokarani O‘zbekistonda o‘tkazishi mumkin

Afg‘oniston hukumati va Tolibon muzokarani O‘zbekistonda o‘tkazishi mumkin

Foto: «Mfa.uz»

Bugun, 5-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan BMT Bosh kotibining Maxsus vakili, BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi (UNAMA) rahbari Tadamichi Yamamotoni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti xabar berdi.

Tomonlar O‘zbekiston bilan UNAMA o‘rtasidagi hamkorlik, xususan, Afg‘onistonda xavfsizlik va mustahkam rivojlanishni ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish sohalaridagi munosabatlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdi.

Tadamichi Yamamoto BMT va uning institutlari, xususan UNAMA, Afg‘onistonda tinchlik jarayonini boshlash va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish hamda uni mintaqaviy hamkorlikka jalb qilishga oid sa’y-harakatlari borasida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida O‘zbekiston olib borayotgan izchil siyosatni ma’qullashini va qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

TIV rahbari O‘zbekiston tomonining tinchlik jarayonining har qanday bosqichida mamlakat hududida Afg‘oniston Hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi. Xalqaro terrorizm, uyushgan transmilliy jinoyatchilik va narkotik moddalarning noqonuniy savdosidan kelib chiqayotgan jiddiy tahdidlar va xavf-xatarlarga qarshi kurashish uchun hamkorlikni mustahkamlashdan tomonlarning o‘zaro manfaatdorligi tasdiqlandi.

Suhbatda BMT Rezident-koordinatori, Taraqqiyot dasturining Doimiy vakili Helena Freyzer ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring