Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistondan O‘zbekistonga keltirilgan minglab ko‘chatlar yoqib yuborildi

Afg‘onistondan O‘zbekistonga keltirilgan minglab ko‘chatlar yoqib yuborildi

O‘zbekistonga Afg‘oniston Islom Respublikasidan olib kirilayotgan mevali daraxt ko‘chatlari «Olmaliq» Tashqi iqtisodiy faoliyat inspektorlari tomonidan karantin ko‘rigidan o‘tkazilganda bir qator qonun buzilish holatlari aniqlandi. Minglab tok, olxo‘ri va archa ko‘chatlari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan o‘simliklar zararkunanda va begona o‘tlar, turli kasalliklar, shuningdek, boshqa karantin organizmlardan holi bo‘lishi shart.

Mazkur taomilga asosan, import qiliinayotgan mevali daraxt ko‘chatlari va ularga tegishli hujjatlar tekshirilganda «O‘simliklar karantini to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga zid holatlar va karantindagi zararkunandalar aniqlandi. Xususan, karantin ruxsatnomasida uzum va olxo‘ri ko‘chatlari qayd etilmagan. Archa ko‘chati fitosanitar talablarga javob bermaydi. Namunalarda Staphylinidae oilasiga mansub qo‘ng‘iz, Bibio morci – qora pashsha, Hymenoptera – qanotli hashorat topildi. Uzum Oidium tuckeri Berk – oidium zambrug‘ kasallik qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlangan. Olxo‘rida Pseudomonas syringae – bakterial rak mavjud.

O‘zbekiston Respublikasining «O‘simliklar karantini to‘g‘risida»gi qonuni talablariga muvofiq, shuningdek, respublika fitosanitar tozalagini hisobga olib mazkur holatga tegishli karantin chorasi qo‘llanildi: 34 ming tok, 10 ming 400 olxo‘ri va 120 dona archa ko‘chatlari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring