Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afv etilgan fuqaro pasport olib beraman deb, voyaga yetmagan qizni aldab ketdi

Afv etilgan fuqaro pasport olib beraman deb, voyaga yetmagan qizni aldab ketdi

Foto: «Telegraf.uz»

Joriy yilning 12-fevral kuni Quyichirchiq tuman IIB navbatchilik qismiga taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, 2017-yilning iyun oyida Quyichirchiq tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz, muqaddam sudlanib, 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgan va 2017-yil iyun oyida «Afv etish» qarori bilan jazodan ozod etilgan fuqaro yana jinoyatga qo‘l urgan.

Fuqaro A.A.T. (1960-yilda tug‘ilgan) Quyichirchiq tumanidagi Ijtimoiy va iqtisodiy kollejning 1-bosqich o‘quvchi-qizi (2001-yilda tug‘ilgan) S.J.I.ning ishonchiga kirib, fuqarolik pasportini olishida yordam berishini aytib, 600 000 so‘m pulini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Hozir unga nisbatan Quyichirchiq tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring