Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Rossiya ish beruvchilari portalida «shaxsiy kabinet» ochdi

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Rossiya ish beruvchilari portalida «shaxsiy kabinet» ochdi

Foto: «Migration.uz»

O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi «Rossiyada ish» («Rabota v Rossii») portalida «shaxsiy kabinet» ochdi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda ma’lum qilinishicha, 2-noyabrda Rossiya Federatsiyasi Hukumat Raisi D.Medvedevning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Agentlik hamda Mehnat va bandlik Federal xizmati (ROSTRUD) o‘rtasida axborot almashish to‘g‘risidagi bitim imzolangan. Unga muvofiq, «Rossiyada ish» portalida «Agentlik shaxsiy kabineti» qo‘yi tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

«Shaxsiy kabinet» agentlikka Rossiya ish beruvchilari ro‘yxatiga kirish, ularga O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy ishga joylashtirish bo‘yicha takliflarni yuborish imkoniyatini taqdim etadi.

Agentlik «shaxsiy kabinet» orqali Rossiya Mehnat va bandlik federal xizmatiga O‘zbekiston fuqarolarini yollagan ish beruvchilarda yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot olish uchun so‘rovnoma, shuningdek mamlakat fuqarolariga nisbatan mehnat qonunchiligi buzilgani haqida axborot jo‘natishi ham mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring