Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ahmadboy: «Odamlar xudodan qo‘rqsin» (video)

Ahmadboy: «Odamlar xudodan qo‘rqsin» (video)

Skrinshot

Kuni kecha Toshkent viloyat sudi sudyasi X.Shermuhamedov raisligida bo‘lib o‘tgan sud majlisida chinozlik «Ahmadboy» nomi bilan tanilgan chinozlik Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tgani va «Ahmadboy» uzil kesil 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgani xabar berilgan edi.

Shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda «Ahmadboy» suddan keyin OAVga bergan qisqa intervyusi videosi tarqaldi.

«Men hech kimdan norozi emasman, bir narsani iltimos qilaman: fuqarolar pullarini o‘z xohishlari bilan olib kelib bergan, ularni hech kim majburlamagan. 10 ming pulini 20 ming, 25 ming qilib olyapti. Men hech kimni aldamaganman. Fuqarolar xudodan qo‘rqsin» — deydi u.

«Odamlar mendan norozi bo‘lmasin. Bankka borsa, bank 10 ming puliga nari borsa 1800 yoki 2000 qo‘shib beradi bir yilda. Menda esa 10 ming pulini 20 ming qilgan. Odamlar sal xudodan qo‘rqsin. Men muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovichdan uzr so‘rayman, ham yordam so‘rayman, xudo xohlasa chorva, parrandachilik qilaman. Odamlarga foydam tegsin deyman. Avval ham foydam tekkan. Kambag‘alni boy qilganman», deya gapini tugatgan Ahmadboy.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring