Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ahror Mahmudov: «Iyuldan O‘zbekistonda barcha nuqtalardagi terminallar xalqaro kartalarni qabul qila boshlaydi»

Ahror Mahmudov: «Iyuldan O‘zbekistonda barcha nuqtalardagi terminallar xalqaro kartalarni qabul qila boshlaydi»

Foto: «Spot»

Mamlakatdagi 250 mingta terminallarning 95 foizi «China UnionPay»ni, 45 foizi (112 ming) — «MasterCard»ni qabul qilmoqda. Bir necha kun ichida qurilmalar «Visa» va «Mir» kartalarini ham qabul qilishni boshlaydi. Bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markazi direktori Axror Mahmudov ma’lum qildi, deb xabar beradi «Spot».

«Avvaliga odamlarning fikrini o‘zgartirish oson bo‘lmaydi. Biz bank kartalarini boshqarish madaniyatini yaratish zarurligi haqida bir necha bor ta’kidlaganmiz. Merchantlar, yani sotuvchi va xizmat ko‘rsatuvchilar odamlardan pin-kodni so‘ramasliklari lozim. Xorijda o‘z parolingizni tanimagan odamingizga aytish odobsizlik va tartibsizlik hisoblanadi. Shuning uchun chet elda karta egasining o‘zi kodni terminalga mustaqil kiritadi. O‘zbekistonga kelgan turistlardan sotuvchilar pin-kodni so‘raganida ular qanchalik hayratga tushishini tasavvur qilib ko‘ring endi. Umid qilamanki, bir-ikki oydan keyin faqatgina «UzCard» kartalarini qabul qilgan terminallar tarixga aylanadi», — deydi Axror Mahmudov.

To‘rt turdagi to‘lov tizimlarini iyuldan mamlakatning barcha nuqtalarida qabul qilish boshlanadi. Yagona umumrespublika protsessing markazi barcha terminallar parkini bitta xalqaro tizimga mo‘ljallab sozlab chiqsa, qolganlarini bir necha kun ichida avtomatik yangilash funksiyasi yordamida ulash mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari «UzCard» tizimida ishlovchi bankomatlar «UnionPay» va «MasterCard»ni qabul qilishni boshladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring