Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT sohasidagi fidoyilarning mehnati rohatsiz qolmadi

AKT sohasidagi fidoyilarning mehnati rohatsiz qolmadi

Foto: AKT vazirligi

Aloqa tarixi muzeyida mustaqillikning 27 yillik bayrami arafasida AKTning bir guruh rahbar-xodimlariga davlat hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining idoraviy mukotoflarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Tadbir Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Mustaqillik ayyomi bilan tabrikladi.

- Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda, - dedi soha rahbari. - Iqtisodiyotning turli tarmoqlariga zamonaviy AKTni joriy qilishga doir yirik loyihalarni amalga oshirish natijasida soha korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning hajmi so‘nggi o‘n yilda 12 barobarga oshdi, bu ko‘rsatkichlarga erishishda soha korxonalarida mehnat qilayotgan ko‘p minglik malakali xodimlarning hissasi katta.

Foto: AKT vazirligi

Tadbirda ikki nafar soha xodimiga davlat mukofoti, mehnatda alohida o‘rnak ko‘rsatayotgan aloqachilarning 7 nafariga “Mohir aloqachi” faxriy unvoni, 27 nafariga “Faxriy yorliq” hamda 36 nafariga “O‘z kasbining ustasi” belgisi tantanali ravishda topshirildi.

Bayram tadbiri ishtirokchilari Aloqa tarixi muzeyi eksponatlari bilan tanishishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring