Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vaziri Navoiyda: tizimli o‘rganish davom etmoqda

AKT vaziri Navoiyda: tizimli o‘rganish davom etmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov hududlarda AKTni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli ravishda o‘rganishni davom ettirmoqda.

Bugun, 11-mart kuni AKT vaziri telekommunikatsiya infratuzilmalari, pochta sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida soha korxonalari daromadini oshirish, yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, tarmoqda faoliyat yuritayotgan xodimlarning turmush darajasini yaxshilash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratib berish masalalari tahlil qilindi.

Foto: «Xabar.uz»

Shuhrat Sodiqov qishloq hududlarida aholiga zamonaviy telekommunikatsiya va pochta xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish lozimligini ta’kidladi. Chunki hududlarda internet va boshqa AT-xizmatlarga talab kundan-kunga oshib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, AKT vaziri bunga qadar Farg‘ona, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Namangan viloyatlarida bo‘lib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holatini o‘rgangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring