Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligi so‘rovnoma e’lon qildi

AKT vazirligi so‘rovnoma e’lon qildi

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi «Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, deyiladi vazirlik e’lonida.

Xohlovchilardan maxsus so‘rovda ishtirok etib, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va fikr-mulohazalarini qoldirish so‘ralgan.

2018-yilning 15-apreliga qadar davom etadigan so‘rov natijalari, xususan fuqarolarning takliflaridan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimlari faoliyatini takomillashtirishda foydalaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring