Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

AKT vazirligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

Foto: Mitc.uz

Bugun, 12-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining navbatdagi kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Unda joriy yilning aprel-may oylari davomida Surxondaryo, Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatlarida vazirlikning ishchi guruhlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari atroflicha muhokama qilindi.

Foto: Mitc.uz

Videoselektor yig‘ilishini vazir Shuhrat Sodiqov olib bordi. Vazir o‘z nutqida mamlakatimizda telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini yanada yaxshilash va turlarini ko‘paytirish, mobil aloqa qamrovini kengaytirish, shu bilan birga, olis va qishloq aholi maskanlarida, turistik hududlarda, magistral avtomobil va temir yo‘llari bo‘yida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalarni belgilab berdi.

Hududlarda sohaga oid tizimli muammolar o‘rganilib, ularni muhokama qilish boshlaganidan keyin joylarda qator amaliy ishlar olib borilganligi, muhimi, ushbu o‘zgarishlarni sohadagi oddiy xodimlar hayotida seza boshlangani ta’kidlandi.

Jumladan, hududlardagi mummolarni o‘rganishlar natijasiga ko‘ra bugunga qadar 1 750 km optik tolali aloqa liniyalari qurilgani, tuman va shaharlarda joylashgan 79 ta soha ob’yektlari joriy ta’mirlangani, aholiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida mavjud keng polosali portlarning umumiy soni muntazam oshirib borilayotgani e’tirof etildi.

Ayni paytda, yig‘ilishda tizimdagi korxona va tashkilotlar, ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan ijro intizomi nazoratini yanada sifatli va samarali tashkil qilish, soha korxona va tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va hajmini oshirish, daromadlarni ko‘paytirish hamda ular faoliyatining moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tdi.

An’anaga ko‘ra yig‘ilish yakunida uzoq yillar davomida soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soha xodimlariga vazirlik Tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring