Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Aliexpress»da «Xiaomi»ning hali taqdimoti o‘tkazilmagan smartfoni sotilmoqda

«Aliexpress»da «Xiaomi»ning hali taqdimoti o‘tkazilmagan smartfoni sotilmoqda

Foto: «NV.ua»

Xitoyning «GoldWay» do‘koni «Xiaomi Redmi S2» smartfoni uchun buyurtmalarni qabul qilishni boshlab yubordi. Qizig‘i, yangi gadjetning hali taqdimoti bo‘lib o‘tmagan. Smartfon 10 may kuni taqdim etilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi «NV.ua».

Sotuvchining ta’kidlashicha, «Xiaomi Redmi S2»ga «Qualcomm Snapdragon 625» protsessori, 3 gigabayt tezkor xotira va 32 gigabayt ichki xotira o‘rnatiladi. Shuningdek, qurilma ekrani tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan 5,99 dyuymni tashkil etadi. Asosiy kamerasi 12+5 megapiksellga, frontal kamerasi 16 megapiksellga teng.

Do‘kon sahifasida «Xiaomi Redmi S2» uchta rangda taqdim etiladi — kulrang, pushtirang va oltinrang.

Smartfonni hozirning o‘zida 170 dollar evaziga buyurtma qilish mumkin. Yetkazib berish muddati 41—53 kun oralig‘ida.

Gadjet o‘z o‘lchamlari bilan «Redmi 5 Plus»ga juda o‘xshab ketadi, biroq «Redmi S2»ga metall korpus o‘rnatiladi. Akkumulyator sig‘imi esa 3080 mA/soatni tashkil etishi kutilmoqda. «Redmi S2» smartfoni «Android 8.1 Oreo» operatsion tizimida ishlaydi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring