Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov «Arsenal» aksiyalarini nega sotib yuborgandi?

Alisher Usmonov «Arsenal» aksiyalarini nega sotib yuborgandi?

Foto:«The Independent»

Miliader Alisher Usmonov  «Forbes Rossiya»ga bergan intervsida Londonning «Arsenal»i aksiyalarining sotib yuborilishi, «Paxtakor»ning aksioneri bo‘lishdan maqsadi xususida to‘xtaldi. 

«Paxtakor»ning aksioneri bo‘lishdan maqsad nima? U hech qachon «Arsenal»dek milliardlar keltirmaydi-ku» degan savolga Usmonov quyidagicha javob bergan:

«Arsenal» bundan ham ko‘proq yoki kamroq turishi mumkin. «Arsenal» o‘sish imkoniyatiga ega. Xuddi «Paxtakor»dek. Osiyo mintaqasi Afrika kabi futbol maydonlarida o‘z pozitsiyasini kuchaytiradi. Hozircha futbol - bu Lotin Amerikasi va Yevropa. Ammo JChda yuqori darajalarga erishishi mumkin bo‘lgan jamoalar bor. Oxirgi JChda Yaponiya 1/8 finalga chiqdi».

Shuningdek, Usmonov «Arsenal»ni sotishga ilojsizlik majbur qilganini ham aytgan.

«Bir u, bir bu aksionerdan himoya qilinadigan kam miqdordagi aksiyalarga ega guruh aksiyalarni Kronkega sotdi. Biz uzoq muzokara olib bordik, undan aksiyalar paketini (67 foiz) sotib olmoqchi bo‘ldik. Keyin uning aksiyalarni sotish niyati yo‘qligini tushundik. Shundan so‘ng biz sotishga qaror qildik. Ishning u yerdagi yuritilishida, bunday rahbariyat bilan qolishdan ma’no yo‘q edi. U menga men unga taklif qilgan narxni taklif qildi. Tadbirkorlik etikasi bo‘yicha unga javob bermaslik noto‘g‘ri bo‘lardi. Men ham sotib yubora qoldim» degan Usmonov.

«Arsenal»ga kiritgan investitsiyalaringiz ortidan yaxshigina foyda oldingiz. Shu kabi «futbol o‘yinlari»ni istiqbolli deyish mumkinmi? Hozircha futboldan pul ishlaganlar juda kam. Abramovich «Chelsi»ga 2milliarddan ortiq tikdi. U hozircha minusda, shunday emasmi?» degan savolga milliader:«Yo‘q, klub hozir ancha qimmatlashdi - 2,5 mlrd £dan 3 mlrdgacha. U 1-1,5 mlrd orasida pul tikkan. U endi yaxshi pul topishi mumkin edi. Ammo mendek, uch barobar emas. Men «Arsenal»ga bor yo‘g‘i 150 mln £ tikkandim» deya javob qaytargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring