Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerika kompaniyalarining eng yaxshi maosh oluvchi rahbarlari ro‘yxati chiqdi

Amerika kompaniyalarining eng yaxshi maosh oluvchi rahbarlari ro‘yxati chiqdi

Foto: «Rambler»

Amerika kompaniyalarining o‘tgan 2018-yilda eng yaxshi maosh to‘langan rahbarlari ro‘yxati chiqdi. Tadbirkor Elon Mask — bu ro‘yxatning eng tepasida. «New York Times» yozishicha, o‘tgan yili u 2,28 mlrd. dollar ishlab topgan.

Elon Mask

Ushbu nashr tuzgan ro‘yxatga «Discovery Inc.» rahbari Devid Zaslav ($129 mln.), «T-Mobile US» bosh direktori Jon Lejer ($67 mln.), «The Walt Disney» prezidenti  Robert Ayger ($66 mln.) kabi tadbirkorlar ham kirishdi.

Ro‘yxatni tuzishda rahbarlar uchun belgilangan maoshlar, bonuslar, ustamalar va aksiyalardan oladigan daromadlari hisobga olingan.

Maskning maoshi aslida 55 ming AQSh dollariga teng. Qolgan daromadni u kompaniya aksiyalari orqasidan topdi. Masalan, «Tesla» aksiyalari qiymati 4 mln. foizdan ko‘proqqa oshdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring