Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikadan keliboq Andijonga! Prezident yil boshidan beri 40 ming kilometrdan ortiq yo‘l bosib o‘tdi

Amerikadan keliboq Andijonga! Prezident yil boshidan beri 40 ming kilometrdan ortiq yo‘l bosib o‘tdi

Davlatimiz rahbari AQSh prezidenti Donald Tramp bilan.

Foto: «Sputnik»

Hech bir davlat rahbari ish jarayonining tig‘izligi bo‘yicha Shavkat Mirziyoyevga teng kela olmaydi. Bahslashmoqchi bo‘lganlar marhamat, o‘z ma’lumotlari bilan bo‘lishsinlar. Biz, «Xabar.uz» axborot tahliliy portali xodimlari, Prezidentning yil boshidan buyon uyushtirgan safarlarini tahlil qilib chiqdik va natijadan hayratga tushdik.

Shavkat Mirziyoyev AQShdan qaytganidan keyin ertasigayoq Andijon sari safar qilganida ko‘pchilik hayron qolgandi: «shunday uzoq safardan keyin ozroq dam olsa bo‘lmasmidi...». Yo‘q. Dam olishga odatlanmagan va shu vatanning ravnaqi yo‘lida tinim bilmagan insonga bunday o‘ylar yot shekilli. Gaplarimiz balandparvoz tuyuldimi?!

Keling, birgalikda Prezidentning yil boshidan buyon uyushtirgan safarlari ro‘yxatini olamiz va masofalarni taxminan hisoblab chiqamiz. Biz aynan shunday qildik va Shavkat Mirziyoyev 2018-yil boshidan buyon kamida 40000 kilometr masofani bosib o‘tganiga amin bo‘ldik. Bu safarlar orasida Toshkentdan Ostona (1600+1600 km), London orqali Vashington (deyarli 22000 km) masofalari salmoqli o‘rin egallaydi. Bundan tashqari Tojikistonga, Xivaga, Surxondaryoga, Buxoroga (uch marta) safarlar ham borki, ular ham umumiy masofaga anchagina hissa qo‘shadi.

Eslatib o‘tamiz, biz faqat e’lon qilingan safarlar bo‘yicha masofalarni qo‘shib chiqdik va bu raqamlar mutlaq to‘g‘ri degan fikrdan yiroqmiz. Hududlar o‘rtasidagi masofalarning o‘rtachasi olindi, tumanlar orasidagi masofalar ham hisoblandi, poytaxt ichidagi tadbirlar uchun bosib o‘tilgan yo‘l umumiy hisobga qo‘shilmadi.

Toshkentdagi ayrim xalqaro tadbirlar safarlar orasidagi ish tartibi bilan qisman tanishtirish uchun kiritildi. Poytaxtda o‘tkazilgan va respublika miqyosidagi yig‘ilishlar bu ro‘yxatdan joy olmagan, agar ular ham kiritilganida Prezidentning buncha tadbirlarga ulgurishidan yana bir bor hayratlanardik.

Demak safarlar bilan tanishing:

  • 2018-yil 5-yanvar. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifini boshladi.
  • 2018-yil 10-yanvar. Shavkat Mirziyoyev harbiylarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
  • 2018-yil 19-yanvar. Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga keldi.
  • 2018-yil 19-yanvar. Shavkat Mirziyoyev Angor tumanida bo‘ldi.
  • 2018-yil 19-yanvar. Prezident Sherobod tumaniga tashrif buyurdi.
  • 2018-yil 28-yanvar. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yakkabog‘ tumaniga tashrif buyurdi.
  • 2018-yil 28-yanvar. Prezident Shahrisabz shahridagi «Dorut-tilovat» majmuasini ziyorat qildi.
  • 2018-yil 30-yanvar. Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida Islom Karimov maqbarasi ochilishida ishtirok etdi
  • 2018-yil 9-fevral. Toshkent shahrida qator tadbirlarda qatnashdi.
  • 2018-yil 16-fevral. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga keldi.
  • 2018-yil 17-fevral. Shavkat Mirziyoyev Kogon tumanidagi chiqindini qayta ishlash korxonasini borib ko‘rdi.
  • 2018-yil 2-mart. Prezident Karmana tumanidagi «Karmana Golden Eggs» MChJ faoliyati bilan tanishdi.
  • 2018-yil 9-mart. Shavkat Mirziyoyev Tojikistonda tantanali kutib olindi.
  • 2018-yil 10-mart. Shavkat Mirziyoyev Tojikiston parlamenti palatasi raisini qabul qildi.
  • 2018-yil 15-mart. Ostonada Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida muhim tadbir bo‘lib o‘tdi.
  • 2018-yil 17-mart. Prezident Samarqandga keldi.
  • 2018-yil 17-mart. Pastdarg‘om tumanida faollar yig‘ilishi boshlandi.
  • 2018-yil 21-mart. Toshkentda Navro‘z.
  • 2018-yil 21-mart. Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan birga Samarqanddagi Navro‘z shodiyonalarida ham qatnashdi.
  • 2018-yil 30-mart. Prezident Jizzax viloyatida.
  • 2018-yil 31-mart. Shavkat Mirziyoyev Manas qishlog‘iga keldi.
  • 2018-yil 31-mart. Shavkat Mirziyoyev harbiy qismlarda.
  • 2018-yil 6-aprel. Toshkentdagi tadbirlar.
  • 2018-yil 13-aprel. Prezident Sirdaryodagi «Bek klaster» korxonasida.
  • 2018-yil 13-aprel. Davlat rahbari Yangiyer shahridagi mineral o‘g‘it ishlab chiqaradigan yirik zavodda.
  • 2018-yil 19-aprel. Prezident Buxoroga tashrif buyurdi.
  • 2018-yil 19-aprel. Prezident ochib bergan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ish boshladi.
  • 2018-yil 19-aprel. Shavkat Mirziyoyev «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bilan tanishdi.
  • 2018-yil 23-aprel. Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov qo‘shma bayonot imzoladi.
  • 2018-yil 24-aprel. Prezidentlar Xivadagi tarixiy obidalarni tomosha qilishdi.
  • 2018-yil 30-aprel. O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari biznes-forumga tashrif buyurdi.
  • 2018-yil 1-may. Prezidentlar Buxoroni ziyorat qilishdi.
  • 2018-yil 2-may. Prezident Namanganga keldi.
  • 2018-yil 3-may. Shavkat Mirziyoyev Namangan shahar davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.
  • 2018-yil 3-may. O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi.
  • 2018-yil 4-may. O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi.
  • 2018-yil 7-may. O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazirini qabul qildi.
  • 2018-yil 9-may. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi.
  • 2018-yil 12-may. O‘zbekiston Prezidenti AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi qo‘mondonini qabul qildi.
  • 2018-yil 15-may. O‘zbekiston Prezidenti AQShga jo‘nab ketdi (London orqali).
  • 2018-yil 15-may. O‘zbekiston Prezidenti Londonda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi.
  • 2018-yil 16-may. Prezident Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga keldi va Donald Tramp bilan uchrashdi.
  • 2018-yil 17-may. Prezident Vashingtondagi san’at galereyasini ko‘zdan kechirdi.
  • 2018-yil 18-may. Prezident Vashingtondan Toshkentga keldi.
  • 2018-yil 19-may. Shavkat Mirziyoyev Andijonga keldi.
  • 2018-yil 20-may. Prezident Toshkentga qaytdi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring