Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik senator Trampni Nobel mukofotiga loyiq deb topdi

Amerikalik senator Trampni Nobel mukofotiga loyiq deb topdi

Foto:«Aif.ru»

Amerikalik respublikachi senator Lindsi Grem Koreya yarimorolidagi holat yaxshilangan taqdirda AQSh prezidenti Donald Trampga Nobel tinchlik mukofotini berish lozim deb hisoblaydi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Donald Tramp KXDR va Xitoyni o‘zining o‘zgarishlarga jiddiy yondashayotganiga ishontirdi. Biz hali bunga erishganimizcha yo‘q, lekin agar bu ro‘y bersa prezident Tramp Nobel tinchlik mukofotiga loyiq bo‘ladi», — dedi senator.

Eslatib o‘tamiz, 27-aprel kuni demarkatsion hududda ikki Koreya davlati rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring