Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikaliklar Trampning yakkama-yakka uchrashuvidan norozi

Amerikaliklar Trampning yakkama-yakka uchrashuvidan norozi

Singapurda Koreya yarimorolini yadroviy qurollardan xoli hududga aylantirish bo‘yicha Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan yakkama-yakka muzokara o‘tkazayotgan AQSh prezidentidan amerikaliklar norozi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

41 daqiqa davom etgan uchrashuvda tarjimonlardan boshqa hech kim ichkariga kiritilmagani, Oq uydan uchrashuvning eng muhim masalalarini qayd etish uchun mas’ul shaxs bo‘lmagani tufayli amerikaliklar o‘z prezidentiga e’tiroz bildirishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda: «Tramp Kimga qanday va’dalar beradi? Undan nimalarni talab qiladi? Bulardan aslo xabarimiz bo‘lmaydi», — deb yozishgan AQShliklar.

Yakkama-yakka suhbatdan keyin tomonlar delegatsiya a’zolari bilan birgalikda muzokara stoliga o‘tirishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring